Laurent Schwartz
Laurent Schwartz | |
---|---|
Tavalludi |
5-mart 1915-yil Paris, Fransiya |
Vafoti |
4-iyul 2002-yil (87 yoshda) Paris, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Strasbourg universiteti Nancy universiteti Grenoble universiteti Politexnika maktabi Paris Diderot universiteti |
Taʼlimi | Oliy normal maktab |
Akademik rahbarlari | Georges Valiron |
Mashhur shogirdlari |
Maurice Audin Georges Glaeser Alexander Grothendieck Jacques-Louis Lions Bernard Malgrange André Martineau Bernard Maurey Leopoldo Nachbin Henri Hogbe Nlend Gilles Pisier François Treves |
Mashhur ishlari |
Taqsimot nazariyasi Schwartz yadro teoremasi Schwartz maydoni Schwartz-Bruhat funksiyasi Radonlashtirish operatori Silindr toʻplam oʻlchovi |
Mukofotlari | Fields medali (1950) |
Laurent-Moïse Schwartz (talaffuzi: Loran Moiz Shvarts) (5-mart 1915-yil – 4-iyul 2002-yil) – fransiyalik matematik. Schwartz umumiy funksiyalar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Olim 1950-yilda ushbu sohaga qoʻshgan hissasi uchun Fields medali bilan taqdirlangan[1]. Schwartz uzoq yillar davomida Parisdagi Oliy normal maktabda dars bergan.
Schwartz 1934-yil Oliy normal maktabga oʻqishga kirgan. 1937-yil armiyaga chaqirilgan. Fashistlar okkupatsiyasi davomida yahudiy boʻlgani uchun qalbaki hujjatlar bilan jon saqlagan. 1943-yil Strasbourg shahrida dissertatsiyasini yoqlagan. Urushdan keyin Politexnika maktabida ishlagan.
Schwartz soʻl qanot siyosiy qarashlarga ega boʻlgan. Boshida oʻzini trotskist deb hisoblagan, keyinchalik oʻzini demokratik sotsialist deb taʼriflagan. AQSh va Fransiyaning Vyetnam urushiga aralashuviga qarshi chiqqan. Shuningdek, Fransiyaning Jazoir urushiga, SSRRning Afgʻon urushiga aralashuvini qoralagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash][1] Laurent Schwartz Britannica.com saytida