Artur Avila
Artur Avila | |
---|---|
Tavalludi |
29-iyun 1979-yil Rio de Janeiro, Braziliya |
Fuqaroligi | Braziliya, Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Zurich universiteti Centre national de la recherche scientifique Paris Diderot universiteti Instituto Nacional de Matemática Pura e Aplicada |
Akademik rahbarlari | Welington de Melo |
Mashhur ishlari |
Dinamik tizimlar Spektral nazariya Zorich–Kontsevich gipotezasi |
Mukofotlari |
Xalqaro matematika olimpiadasi oltin medali (1995) Salem mukofoti (2006) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2008) Michael Brin dinamik tizimlar mukofoti (2011) TWAS mukofoti (2013) Fields medali (2014) |
Artur Avila (1979-yil 29-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik matematik. Avila asosan dinamik tizimlar va spektral nazariya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Avila 1995-yil 16 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Bakalavr darajasini Rio de Janeiro federal universitetidan olgan. 19 yoshida dinamik tizimlar teoriyasi boʻyicha doktorlik ishini yoza boshlagan. 2001-yil uni tamomlab, PhD darajasini olgan.
2001-yil Fransiyaga koʻchib borib, Jean-Christophe Yoccoz rahbarligida post-doktorantura ilmiy ishlar ustida ishlay boshlagan. Olim 2003-yildan beri Fransiyaning Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida (fransuzcha: Centre national de la recherche scientifique) ishlab keladi. Avila 2008-yil ushbu markazning tadqiqot direktori etib tayinlangan.