Abdulla Avloniy
Qiyofa
Abdulla Avloniy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Abdulla Avloniy (1878-yil 12-iyul, Toshkent – 1934-yil 25-avgust, Toshkent) – XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt koʻrgan, qilgan va bilganlarining haqiqatini va toʻgʻrisini soʻzlaydilar[1].
B
[tahrirlash]- Bolalarini pisand qilmagan millatlar inqirozi ularni yot qoʻllarga va yot madaniyatlar ixtiyoriga berib qoʻyganlari sababliki, ulardan ayrilishga mahkumdirlar[2].
- Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, oʻgʻrilar, giyohvandlar va nashavandlar… kecha tarbiyalariga e’tibor berilmagan bolalardir[2].
D
[tahrirlash]- Dangasalik har vaqt insonni xor qilur[1].
E
[tahrirlash]- Emish har elgʻa qadri ilm balo,
Oʻla ilm maqomi baski bolo.
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Haloyiqqa moʻtabardur.
Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
Aning osonligʻina ilm darkor[1].
F
[tahrirlash]- Fikr gar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosdan boʻlur oʻtkur.
Fikrning oynasi oʻlursa zang,
Ruhi ravshanzamir boʻlur benur[1].
H
[tahrirlash]- Hayo, nomus imona dalildur,
Hayosiz doimo xor-u zalildur[2][1]. - Hayo pardasi ila oʻralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas[2].
I
[tahrirlash]- Iffatingni pardasi, vijdonning niqobi hayodir… Hayo pardasi ila uralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas[1].
- Ilm oʻqumoq har bir eru xotinga farzdur,
Ilmu donish yaxshi ziynatdur xotin-qiz ahliga.
Quy qadam ilm uyiga, tumor, marjoning unut[1]. - Ig‘vo va chaqimchilik eng yaramas sifat boʻlgani uchun bu yomon sifatni oʻzlariga maslak qilib olgan kishilar xalq nazarida munofiq sanaladi[2].
K
[tahrirlash]- Kishini kecha-kunduz tindirmasdan qul kabi mehnat va mashaqqatlarga koʻkrak berib ishlatadigan narsa Vatan va bola-chaqalarning mehr-u muhabbati emasmu?[2]
O
[tahrirlash]- Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar[1].
S
[tahrirlash]- Sabr shunday kuchli bir narsadirki, gʻazabni shijoatga, shiddatni halimlikka, kattalikni tavozeʼga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar[1][2].
- Sadafdin inju, ilondin zahar hosil boʻlgani kabi,
Rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil boʻlur[1]. - Soʻzing boʻlsa kumush, jim turmak oltun,
Misi chiqgay soʻzing koʻp boʻlsa bir kun.
Koʻpaygan soʻzni boʻlgay toʻgʻrisi oz,
Shakarning koʻpidin ozi boʻlur soz[1].
Gʻ
[tahrirlash]- Gʻazabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.