Zeng Cheng
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zeng Cheng | ||
Tavallud sanasi | 8-yanvar 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Wuhan, Hubei, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.91 m (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shanghai Shenhua | ||
Raqami | 19 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2008 | Wuhan Guanggu | 21 | (0) |
2005 | → Persebaya Surabaya (Ijara) | 25 | (0) |
2009—2012 | Henan Jianye | 105 | (0) |
2013—2021 | Guangzhou Evergrande | 161 | (0) |
2020 | → Shanghai Shenhua (Ijara) | 14 | (0) |
2021 | Shanghai Shenhua | 7 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009 | Xitoy | 42 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 21-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 27-oktyabr uchun) |
Zeng Cheng (talaffuzi: Seen Chen) (1987-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeng Cheng futbolchilik faoliyatini yuqori darajadagi Wuhan Guangguda boshlagan. Biroq, 2005-yilgi mavsum boshida u koʻproq oʻynash uchun Indoneziya Superligasi vakili Persebayaga ijaraga berilgan. Wuhanga qaytib kelgach, 2005-yil 5-noyabrda „Shanghai Shenhua“ga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda liga mavsumi oxirida ligadagi debyutini oʻtkazishga ruxsat berilgan[1]. Wuhan ligani tark etgunga qadar bir necha mavsum davomida Zeng Deng Syaofeyning oʻrinbosari sifatida oʻynagan va keyinchalik liga oʻyinida janjal kelib chiqqan klub rahbariyati Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan jazoni qabul qilmagani sababli 2008-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketgan. 2008-yil 27-sentyabrda[2].
2009-yilgi mavsum boshida Zeng boshqa yuqori diviziondagi Henan Jianye klubigaoʻtgan va u yerda oʻzini Zhu Yajundan ustin kelib oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatgan[3]. Bu mavsumda klub tarixida birinchi marta OChLga yoʻllanma olgan[4].
2013-yilning 1-yanvarida Zhao Peng va Yi Teng bilan birga Zeng ikki karra, ketma-ket Xitoy Superligasi chempioni Guangzhou Evergrandga erkin agent sifatida oʻtgan[5]. 2013-yilgi mavsumda Zeng oʻzini Guangzhouning birinchi darvozaboni sifatida koʻrsatgan. Mavsum oxirida Lippi Zengni „Guangzhouning eng yaxshi xaridlaridan biri“ deb taʼkidlagan. Zeng 2013-yilgi mavsumni atigi 16 ta gol oʻtkazib yuborgan va ligada 27 oʻyinning 13 tasida gol oʻtkazmagan. 2013-yil 9-noyabrda Zeng klub bilan qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan va finalda „Seul“ klubiga qarshi ikki oʻyinda durang oʻynab, safarda urilgan gollar evaziga gʻalaba qozonishgan.
2016-yilning 6-sentabr kuni Zeng 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi o‘yinda chap tizzasidagi orqa bog‘lami uzilib, 2016-yilgi mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmagan[6]. U 2016-yilgi mavsumda ligada 23 ta o‘yin o‘tkazgan va 10 ta o‘yinda maydonga tushmagan, 2016-yil noyabr oyida uchinchi marta Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi darvozaboni sovrini bilan taqdirlangan[7].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zengning Henan Jianye uchun 2009-yilgi mavsum boshida oʻtkazgan oʻyinlari Xitoy terma jamoasi murabbiyi Gao Xongboni birinchi marta xalqaro tarkibga chaqirishiga sabab boʻlgan. U Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va Xitoy 2009-yilning 1-iyunida bu oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[8]. Oʻsha oʻyindan soʻng u Yang Zhidan keyin milliy terma jamoaning ikkinchi tanlov darvozaboni boʻlgan va 2011-yilgi Osiyo Kubogi terma jamoasiga kiritilgan. Bunga qadar u 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan tarkibning asosiy darvozaboni boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Persebaya (Ijara) | 2005 | Premier Division | 25 | 0 | 0 | 0 | - | 6 | 0 | - | 31 | 0 | ||
Wuhan Guanggu | 2005 | Xitoy Super Ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||
2006 | 12 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 13 | 0 | |||||
2007 | 7 | 0 | - | - | - | - | 7 | 0 | ||||||
2008 | 1 | 0 | - | - | - | - | 1 | 0 | ||||||
Jami | 21 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 0 | ||
Henan Jianye | 2009 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 0 | - | - | - | - | 29 | 0 | ||||
2010 | 23 | 0 | - | - | 6 | 0 | - | 29 | 0 | |||||
2011 | 26 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 26 | 0 | |||||
2012 | 27 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 27 | 0 | |||||
Jami | 105 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 111 | 0 | ||
Guangzhou Evergrande | 2013 | Xitoy Super Ligasi | 27 | 0 | 4 | 0 | - | 14 | 0 | 3 | 0 | 48 | 0 | |
2014 | 26 | 0 | 0 | 0 | - | 10 | 0 | 0 | 0 | 36 | 0 | |||
2015 | 25 | 0 | 0 | 0 | - | 11 | 0 | 1 | 0 | 37 | 0 | |||
2016 | 23 | 0 | 5 | 0 | - | 5 | 0 | 1 | 0 | 34 | 0 | |||
2017 | 29 | 0 | 1 | 0 | - | 10 | 0 | 1 | 0 | 41 | 0 | |||
2018 | 27 | 0 | 0 | 0 | - | 6 | 0 | 0 | 0 | 33 | 0 | |||
2019 | 4 | 0 | 1 | 0 | - | 7 | 0 | - | 12 | 0 | ||||
Jami | 161 | 0 | 11 | 0 | 0 | 0 | 63 | 0 | 6 | 0 | 241 | 0 | ||
Shanghai Shenhua (Ijara) | 2020 | Xitoy Super Ligasi | 14 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 14 | 0 | ||
Shanghai Shenhua | 2021 | Xitoy Super Ligasi | 7 | 0 | 6 | 0 | - | - | - | 13 | 0 | |||
Karyerada jami | 333 | 0 | 18 | 0 | 0 | 0 | 75 | 0 | 6 | 0 | 432 | 0 |
Xalqaro statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2009 | 3 | 0 |
2010 | 6 | 0 |
2011 | 2 | 0 |
2012 | 5 | 0 |
2013 | 9 | 0 |
2014 | 5 | 0 |
2015 | 1 | 0 |
2016 | 5 | 0 |
2017 | 5 | 0 |
2018 | 1 | 0 |
Jami | 42 | 0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wuhan Guanggu
- Xitoy Superliga kubogi : 2005-yil
- Xitoy Superligasi : 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015
- Xitoy FA kubogi : 2016-yil
- Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Shahsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi darvozaboni: 2013, 2015, 2016
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2013, 2015, 2016
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „武汉青年军客场爆冷 申花战平黑马夺取亚军 评“. sports.sohu.com (2005-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Wuhan ejected from soccer league – People's Daily Online“. English.people.com.cn (2008-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
- ↑ „内托奥利萨德贝轰双响炮 中超揭幕战河南2–1广州“. sports.sina.com.cn (2009-yil 21-mart). Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
- ↑ „China 2009“. rsssf.com (2010-yil 23-aprel). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
- ↑ „曾诚、赵鹏、弋腾正式加盟广州恒大“. gzevergrandefc.com (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
- ↑ „重伤!曾诚韧带断裂赛季报销 康复时间6-8个月“. Sohu (2016-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
- ↑ „2016中超颁奖:高拉特金球金靴 恒大狂揽九奖项“. Sohu (2016-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-yanvar.
- ↑ „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1–0胜伊朗“. teamchina.sports.sohu.com (2009-yil 1-iyun). 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.