Yohan (ism)
| ||||||||||||
Yohan ( shvedch: Johan) - Yahudiylar erkak ismi boʻlib, Shvetsiya, Daniya, Finlandiya va Norvegiyada keng tarqalgan. Niderlandiya va Belgiyada uhbu ism Yohan deb talaffuz qilinadi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakl oʻrta asrlar lotin tilida Johannes isminig qisqartmasi ( lotincha: Johannes), lotincha Ioannes (lotincha: Ioannes, yoki lotincha: Iohannes). -es qoʻshimchasi lotin va yunon tillarida nominativ holatning belgisi boʻlib, lotin tilida soʻzlashmaydigan Yevropa aholisi tomonidan olib tashlangan.
Lotin imlosi qadimgi yunoncha Ioannesdan ( qadimgi yunoncha: Ἰωάννης qadimgi yunoncha: Ἰωάννης), bu ikkita qadimgi yahudiycha ism bilan bogʻliq: qadimgi: יוחנן (Yohanan, Iōhānan, Yahve rahm qildi) va uning toʻliq shakli (Yehohanan, Iěhōḥānan, Yahova rahmdil).
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Skandinaviya mamlakatlarida ismning keng tarqalgani ikki avliyo - suvga choʻmdiruvchi Ioann va Ioan ilohiyotchiga sigʻinish bilan bogʻliq.
Runik yozuvlardi yozilgan "Johan" shaklida birinchi eslatma XI asrda, birinchi salib yurishidan keyin sodir boʻladi.
2014-yilda Shvetsiyada Yohan ismini 173 745 erkakning birinchi ismi boʻlgan, ikkinchi ismi sifatida esa 74 835 kishi ushbu ismni egasi boʻlgan[1]. 1970 va 1980-yillarda bu yangi tugʻilgan erkaklar uchun eng mashhur ism boʻlgan, shundan soʻng ota-onalar orasida ismning mashhurligi doimiy ravishda pasayib bora boshladi, pasayish ming yillikning oxirida eng yuqori choʻqqisiga chiqdi.
19-asrning oʻrtalaridan 20-asrning birinchi oʻn yilligigacha Yohan Norvegiyada eng mashhur erkak ismlaridan biri boʻlib, 20-asrning ikkinchi yarmida mashhurlik pasayib ketti. 2011-yilda mamlakatda 9862 erkalarining ismi Yoxan boʻlgan[2][3].
Daniyada 1890-yildan 2005-yilgacha boʻlgan davrda 22 356 kishi Yohan deb nomlangan[4].
Islandiyada Johann nomi asrlar davomida mashhur boʻlib kelgan, lekin hech qachon eng keng tarqalgan isim boʻlmagan.
Ayollar ismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Juhanna" nomi "Juhan" kabi keng tarqalgan emas.
Shvetsiyada birinchi marta 1312-yilda qayd etilgan.
Finlandiyada bu oʻrtacha mashhur ism.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Enligt sökning på Statistiska centralbyråns Namndatabas“ (sv) (2015-yil 10-yanvar).
- ↑ Kristoffer Kruken - Ola Stemshaug: Norsk personnamnleksikon, Det Norske Samlaget, Oslo 1995
- ↑ Statistisk sentralbyrå, Namnestatistikk: 9 862 males with the given name Johan living in Norway on January 1st 2011, with the frequency peak in the 19th century. Accessed on April 29, 2011
- ↑ Danskernes Navne, 2013-12-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-07-29