Kontent qismiga oʻtish

UCell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
UCell
Turi biznes, korxona va Uyali aloqa operatori
Egasi TeliaSonera
Qachon asos solingan 1996
Joylashuvi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Toshkent
Vebsayti http://www.ucell.uz/

UCell Oʻzbekistonning yirik uyali aloqa operatorlaridan biri „COSCOM“ MChJ savdo belgisidir. 2008-yil may oyigacha shirkat nomi bilan, COSCOM deb atalgan.[1] Brend nomi Yusell deb talaffuz etiladi, bunda U harfi „Uzbekistan“ni bildiradi, Cell soʻzi „cellular“ (uyali) atamasining qisqartmasidir. Shirkatning general rahbari - Ali Agan.[2]

COSCOMning ofisi Toshkentda.

COSCOM MChJ 1996-yil aprel oyida MCT Telecom Corp hamda mahalliy hamkor orasidagi qoʻshma korxona tarzida tashkil etilgan. 1997-yildan boshlab COSCOM Xalqaro GSM Assotsiatsiyasi aʼzosi hamda 1998-yildan esa Rossiya GSM Assotsiatsiyasi aʼzosidir. 2007-yil iyul oyida TeliaSonera & Turkcell shved-fin shirkati COSCOM MChJning asosiy hissadoriga aylandi (TeliaSonera COSCOMning katta qismini sotib oldi). 2009-yil iyul oyida Ucell 4 million abonentga ega boʻlib, Oʻzbekistondagi ikkinchi aloqa operatoriga aylandi. Hozirgi kunda ushu aloqa operatorining abonentlari 8 milliondan oshdi.[3] 2018-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi Shvesiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi $215 millionga va Telia guruhining COSCOM kompaniyasiga $485 million miqdorida qarz majburiyatlarini toʻlab sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, Gulnora Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yoʻqligi aniqlangan.

COSCOM MCHJ 2021-yilning 29-sentabr kuni USM Telecom hamda MegaFon bilan birgalikda Digital Holding qoʻshma korxonasini tuzish bosqichini yakunlashdi.[4]

Hozirda Ucell Oʻzbekistonda eng koʻp abonientga ega aloqa operatori sanaladi.[manba kerak]