Kontent qismiga oʻtish

Taglavha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taglavha yoki subtitr namunasi

Taglavhalar (fransuz tilidan  sous-titres — yozuvlar; shevada — sablar, subtitr) — video qatorlarning matnli mosligi, oʻzining haqiqiy tilida yoki tarjima qilingan boʻlishi mumkin, dublyaj qilingan va baʼzida toʻldirilgan, masalan eshitish qobiliyati yaxshi boʻlmagan tomoshabinlar uchun kinofilm yoki teledasturning ovoz yoʻli moslangan boʻladi. Taglavhalarda film kadrlaridagi har bir odam yoki personajlarning ovozi, muloqti aks etgan boʻladi, baʼzida qoʻshimcha izohlar ham qoʻshiladi. Odatda taglavhalar oʻrtacha oʻlchamli shriftda yozilgan matn koʻrinishida boʻladi va ekranning pastki qismiga joylashtiriladi. „Taglavha“ yoki „subtitr“ soʻzi ekrandagi koʻrinishning har lahzasida koʻrinadigan matnni anglatadi.

Kelib chiqish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqamli koʻrinishdagi taglavhalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nemis tilidagi taglavhali Elephants Dream multfilmidan lavha

Tashqi taglavhalarning mashhur formatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • srt — SubRip dasturlarining matnli taglavha formati. Boshida matn elementlarini qoʻllamagan, keyinchalik ranglar va simvollar oʻzgarishi (matn yotiqligi, qalinligi) ni qoʻllashga moslashtirilgan. Dizaynning kengaytirilgan sozlanmalari uchun baʼzida ass-tag lardan foydalaniladi.
  • smi (smil) — SGML asosida matnli taglavhalar. Matnni oʻzgartirish uchun HTML va CSS ning deyarli barcha imkoniyatlarni qoʻllaydi.
  • s2k — Sasami dasturlarining matnli taglavhalar formati.
  • ssa — Sub Station Alpha dasturlarining matnli taglavhalar formati. Simvollarning joylashuvi, ranglar berish, harf oʻlchami, garniturasini oʻzgartirishni qoʻllaydi; simvollar mutanosibligi yordamida murakkab videoeffektlar (soya, harakat, burilish va hokazolar) qoʻllashga ruhsat beradi; matnni bir nechta turli kodirovkalarda yaratish mumkin.
  • ass — Advanced Sub Station Alphaning matnli taglavha formati (birinchi Medusa dasturida realizatsiya qilingan), keyinchalik ssa koʻrinishida rivojlangan.
  • sub/idx — prerender (grafik) taglavhalar ikkilik formati, maxsus dasturlar yordamida DVD dan olingan. Bunday taglavhalar videoga DirectShow-filtrlari VSFilter (oldingi nomi VobSub) yordamida bogʻlanishi mumkin.

Perspektiv (istiqbol) formatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Timed Text (TT) — XML asosidagi format, W3C Konsorsium ishlab chiqqan.