Tabriz miniatyura maktabi
Tabriz miniatyura maktabi — oʻrta asrlarda Tabrizda shakllangan tasviriy sanʼatdagi uslubiy yoʻnalish. Ilk namunalari 13-asr oxiri — 14-asrlarga mansub. Eng rivojlangan davri 16-asrning 30—40y.lariga toʻgʻri keladi. Tabriz miniatyura maktabim. sanʼatiga dastlabki davrda Sharq va Gʻarb. mamlakatlari, ayniqsa, Xitoy miniatyurasining taʼsiri kuchli boʻlgan. Keyinchalik bu sanʼat anʼanalari ijodiy oʻzlashtirilib, yangi obraz tuzilishi, ranglar gammasiga ega boʻlgan uslub yaratilgan. 14-asrda, ayniqsa, 16-asrda Tabriz kitobat sanʼatinit muhim markaziga aylangan. 15-asrda markaz Hirotga koʻchiriladi, Hirot miniatyura maktabining shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. 16-asrda Tabriz safaviylarning markaziga aylangach, tasviriy sanʼat yana kjsaddi. Sulton Muhammad Tabriziy boshchiligidagi mahalliy rassomlarga Kamoliddin Behzodniit bosh qilib tayinlanishi, Hirot miniatyurasi anʼanalari bilan Tabriz miniatyura maktabim. anʼanalarining qoʻshilib ketishi yuksak darajadagi kitobat sanʼatini yuzaga keltirdi: badiiy shakl mukammallashdi, koʻp shaklli murakkab kompozitsiyalar yuzaga keldi, asarlar epik xarakterga ega boʻldi, tasvirda meʼmoriy manzara keng oʻrin egalladi, yangi serhasham bezaklari, nafis ritmi va yorqin boʻyoqlar tuzilishi oʻz navbatida miniatyuraning taʼsirchanligi va jozibasini oshirdi. Anʼanaviy ishqiy, mifologik mavzular oʻrnini saroy hayotini aks etgirishga intilish egalladi, mavzu doirasining kengayishi bilan rasmlarda demokratik ohanglar, xalq va uning urfodatlari, real kundalik hayoti va tabiat manzaralari ham oʻz aksini topdi, alohida varaklarda asarlar yaratildi, dabdabali portret yuzaga keldi. Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak, Krsim Ali, Mir Sayd Ali va boshqalar Tabriz miniatyura maktabim.ning yirik vakillaridir. Tabriz miniatyura maktabim. namoyandalari "Shohnoma" (1524, SanktPeterburg), Nizomiyning "Xamsa"si (15-asr oxiri — 16-asr, Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida), Rashiduddinning "Jomiʼ attavorix" (1528—29, Rossiya milliy kutubxonasida) va boshqa qoʻlyozma kitoblarni badiiy bezagan. Tabriz miniatyura maktabim. oʻrnini Isfahon miniatyura maktabi egalladi. Biroq Tabriz miniatyura maktabim. Eron, Turkiya, Hindiston miniatyura sanʼatiga yana koʻp yillar davomida taʼsir koʻrsatgan.
Elmira Ismoilova.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |