Kontent qismiga oʻtish

Tatarcha Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Tatarcha Vikipediya
Tatar Wikipediəse
Vikipediya logosi
Web-manzil tt.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 15-sentabr 2003
Maqolalar soni 502 240
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Tatarcha Vikipediya (tatarcha: Татар Википедиясе, Tatar Wikipediəse) — Vikipediyaning tatar tilidagi boʻlimi. 2003-yil 15-sentabrda oʻz faoliyatini boshlagan. Ilk maqolalari faqat lotin alifbosi bilan yozilgan. Hozirgi kunda maqolalarni lotin va kirill alifbosi bilan yozishga boʻladi.

Hozirgi ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 18-noyabr boʻyicha Tatarcha Vikipediyada 502 240 maqolalar mavjud. 53 479 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 58 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 6 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 4 400 431. Teranligi (bugun): 2

  • 2018-yil 3-iyul — 80 000 maqola
  • 2016-yil 24-dekabr — 70 000 maqola
  • 2015-yil 9-aprel — 66 666 maqola
  • 2013-yil 28-iyul — 50 000 maqola
  • 2013-yil 30-mart — 40 000 maqola
  • 2012-yil 25-aprel — 15 000 maqola
  • 2011-yil 4-noyabr — 13 000 maqola
  • 2011-yil 27-avgust — 12 000 maqola
  • 2011-yil 8-iyul — 10 000 maqola
  • 2010-yil 24-dekabr — 8000 maqola
  • 2010-yil 11-avgust — 7000 maqola
  • 2010-yil 14-aprel — 6000 maqola
  • 2009-yil 28-dekabr — 5000 maqola
  • 2009-yil 15-iyun — 4000 maqola

Musobaqada ishtiroklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tugan tel“ (Ona til) nominatsiyasi bo'yicha Tatarcha Vikipediya ikki yil ketma-ket 2009[1] va 2010-yillar[2] „Tatnen yulduzi“ nomli mukofotni qo'lga kiritdi.