Toshloq
Toshloq | |
---|---|
shahar | |
40°28′0″N 71°46′37″E / 40.46667°N 71.77694°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Fargʻona viloyati |
tuman | Toshloq tumani |
Aholisi (1989) |
12 067[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Toshloq — Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi shaharcha (1974-yildan), tuman markazi. 1974-yil 10 dekabrda Toshloq qishlogʻi oʻrnida tashkil etilgan. Aholisi 14,2 ming kishi (2001). Yaqin temir yo'l stansiyasi — Oxunboboyev (5 km). Fargʻona shahridan 16 km. Toshloqda tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy, davlat tashkilotlari, paxta tozalash zdi, Margʻilon "Atlas" firmasi filiali, non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Toshloq — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar doimiy ravishda qatnaydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Population census-1989
- ↑ "Toshloq" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |