Kontent qismiga oʻtish

Tomas Tuchel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Thomas Tuchel
Tuchel with Paris Saint-Germain in 2019
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Thomas Tuchel[1]
Tavallud sanasi 29-avgust 1973-yil (1973-08-29) (51 yosh)[2][3]
Tavallud joyi Krumbach, West Germany[3]
Boʻyi 1.92 m[2][3]
Ampluasi Defender
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich (head coach)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1979–1988 TSV Krumbach
1988–1992 FC Augsburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992–1994 Stuttgarter Kickers 8 (1)
1994–1998 SSV Ulm 69 (2)
Boshqargan klublari
2007–2008 FC Augsburg II
2009–2014 Mainz 05
2015–2017 Borussia Dortmund
2018–2020 Paris Saint-Germain
2021–2022 Chelsea
2023–2024 Bayern Munich
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tomas Tuchel (1973-yil 29-avgustda tugʻilgan) – nemis millatiga mansub, germaniyalik professional futbol murabbiy va sobiq futbolchi. Tomas 2025-yilning 1-yanvarida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Tuchel taktik innovator sifatida eʼtirof etilgan va dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri hisoblanadi.

Krumbachda tugʻilgan Tuchel, futbolchilik faoliyatini tizzasidagi xavfli jarohati tufayli 25 yoshida yakunlagan. U oʻzining murabbiylik faoliyatini 2000-yilda VfB Shtutgartning yoshlar jamoasida murabbiy sifatida boshlagan. 2007-yilgi mavsumda FC Augsburg II jamoasida bir yil davomida ishlagan. 2009-yilgi mavsum avvalida „Mainz 05“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Tomas Tuchel 5 yil davomida Mainz jamoasida ishlagan va 2014-yilda klubni tark etgan. 2015-yilgi mavsumda Dortmundning „Borussiya“ jamoasiga murabbiy sifatida tayinlangan. Dortmund jamoasida 3 mavsum davomida ishlagan va bir bor Germaniya kubogi sohibi boʻlgan. Tuchel 2018-yilda Parij Sen-Jermen jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki marta liga chempionligini qoʻlga kiritgan, shu jumladan ikkinchi mavsumida klubni birinchi marta UEFA Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan.

Tuxel 2021-yilda „Chelsea“ da murabbiylik qiladi va debyut mavsumida Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi va FIFAning eng yaxshi futbol murabbiyi deb topildi. „Chelsi“ rahbari Todd Beyli bilan kelishmovchilikdan soʻng Tuxel 2022-yilda ishdan boʻshatildi. U 2023-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va bir yil oʻtib muddatidan oldin ketishdan oldin Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritdi.

  1. „Squad List: FIFA Club World Cup UAE 2021: Chelsea FC“. FIFA (2022-yil 9-fevral). 2022-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Thomas Tuchel | FC Bayern München | Player Profile | Bundesliga“. bundesliga.com. DFL. 2024-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Thomas Tuchel − Player Profile − Football − Eurosport“. Eurosport. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.