Rubin Okotie
Rubin Rafael Okotie (talaffuzi: Rubin Rafael Okoti) — 1987-yilning 6-iyunida Pokistonning Karachi shahrida tugʻilgan. Asli nigeriyalik boʻlgan futbolchi Avstriya fuqarosi boʻlib, „Beerschot Wilrijk“ klubi va Avstriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rubin Rafael Okotie | ||
Tavallud sanasi | 6-iyun 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Karachi, Pokiston | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994—1998 | SC Wiener Viktoria | ||
1998—2001 | Rapid Vienna | ||
2001—2005 | Frank-Stronach-Fußballakademie | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 | Austria Vienna II | 55 | (19) |
2007—2010 | Austria Vienna | 57 | (21) |
2010—2012 | 1. FC Nürnberg | 4 | (0) |
2010—2012 | 1. FC Nürnberg II | 7 | (1) |
2011—2012 | → Sint-Truiden (ijara) | 9 | (1) |
2012—2013 | Sturm Graz | 43 | (11) |
2013—2014 | Austria Vienna | 13 | (1) |
2014 | → SønderjyskE (ijara) | 15 | (11) |
2014—2016 | 1860 Munich | 57 | (21) |
2016—2017 | Beijing Enterprises Group | 24 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2005—2006 | Avstriya U19 | 13 | (1) |
2006—2007 | Avstriya U20 | 9 | (2) |
2007—2008 | Avstriya U21 | 7 | (2) |
2008—2016 | Avstriya | 18 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (10-sentyabr uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rubin Okotie professional faoliyatini „Austria Wien“ klubida boshlagan. U oʻzining dastlabki ikki mavsumini oʻrinbosarlar jamoasida oʻtkazdi. 2007-yil 5-avgustda Rubin Okotie Avstriya Bundesligasida „Rapid Vienna“ga qarshi debyut qildi. 2008-yil 23-fevralda „Red Bull Salzburg“ga qarshi kechgan duelda u Avstriya terma jamoasi safida ilk golini urdi[1]. 2009-yil 16-may kuni „Altach“ klubiga qarshi duelda Rubin Okotie faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi[2]. Oʻsha yili Rubin Okotie jamoasiga Avstriya kubogini yutishda yordam berdi va 14 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
2010-yilda Rubin Okotiening Avstriya bilan shartnomasi tugadi va u Germaniyaning „Nürnberg“ klubiga koʻchib oʻtdi. U Bundesligadagi debyutini 18-dekabr kuni „Hannover 96“ klubiga qarshi oʻtkazdi[3]. 2011-yilda yuqori raqobat tufayli Rubin Okotie Belgiyaning „Sent-Truiden“ klubiga ijaraga oʻtdi. 13-avgust kuni Monsga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. 15-oktabr kuni „Bearshot“ga qarshi duelda Rubin Okotie yangi klubi safida ilk golini urdi[5].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rubin Okotie Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi va bir yildan soʻng Kanadada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2008-yil 19-noyabrda Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Rubin Okotie Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi[6]. 12-oktabr kuni Chernogoriya terma jamoasiga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida Rubin Okotie terma jamoa safidagi ilk golini urdi[7].
2016-yilning yozida Rubin Okotie Fransiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa tarkibiga kiritildi. Turnirda u Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[8].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rubin Okotie Karachida nigeriyalik otadan va avstriyalik onadan tugʻilgan. 1991-yilgacha u Barcelonada yashab, keyin Venaga koʻchib oʻtgan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa kubogi | Boshqa | Total | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Austria Vienna | 2007-2008 | 19 | 3 | — | — | — | 19 | 3 | |||
2008-2009 | 34 | 14 | — | 5 | 1 | — | 39 | 15 | |||
2009-2010 | 4 | 4 | — | 3 | 1 | — | 7 | 5 | |||
Jami | 57 | 21 | — | 8 | 2 | — | 63 | 23 | |||
1. FC Nürnberg | 2010-2011 | 4 | 0 | 2 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
2011-2012 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | ||||
Jami | 4 | 0 | 2 | 0 | — | 6 | 0 | ||||
Sint-Truidense (Ijara) | 2011-2012 | 9 | 1 | 1 | 0 | — | — | 10 | 1 | ||
Sturm Graz | 2011-2012 | 13 | 2 | 1 | 0 | — | 14 | 2 | |||
2012-2013 | 30 | 9 | 3 | 3 | — | — | 33 | 12 | |||
Jami | 43 | 11 | 4 | 3 | — | 47 | 14 | ||||
Austria Wien | 2013-2014 | 13!!1 | 1 | 0 | 6 | 0 | — | 20 | 1 | ||
SønderjyskE (ljara) | 2013-2014 | 15 | 11 | — | — | — | 15 | 11 | |||
1860 Munich | 2014-2015 | 25 | 13 | 2 | 3 | — | 2 | 0 | 29 | 16 | |
2015-2016 | 30 | 8 | 3 | 1 | — | — | 33 | 9 | |||
Jami | 55 | 21 | 5 | 4 | — | 2 | 0 | 62 | 25 | ||
Beijing Enterprises Group | 2016 | 9 | 1 | 0 | 0 | — | — | 9 | 1 | ||
2017 | 15 | 2 | 0 | 0 | — | — | 15 | 2 | |||
Jami | 24 | 3 | 0 | 0 | — | 24 | 3 | ||||
Umumiy karyerasida | 218 | 68 | 12 | 7 | 14 | 2 | 2 | 0 | 246 | 77 |
Avstriya terma jamoasi uchun gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2014-yil 12-oktabr | Ernst Happel, Vena, Avstriya | Chernogoriya | 1 :0 | 1 :0 | Yevropa chempionati 2016 saralash |
2. | 2014-yil 15-noyabr | Ernst Happel, Vena, Avstriya | Rossiya | 1 :0 | 1 :0 | Yevropa chempionati 2016 saralash |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avstriya kubogi sohibi — 2008-2009
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Аустрия VS. Ред Булл Зальцбург 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-fevral 2008-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Аустрия VS. Альтах 4:1“ (inglizcha). soccerway.com (16-may 2009-yil). 4-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Нюрнберг VS. Ганновер 96 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (18-dekabr 2010-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Монс VS. Сент-Трюйден 4:2“ (inglizcha). soccerway.com (13-avgust 2011-yil). 28-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Сент-Трюйден VS. Беерсхот 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (15-oktabr 2011-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Австрия VS. Турция 2:4“ (inglizcha). soccerway.com (19-noyabr 2008-yil). 31-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Австрия VS. Черногория 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (12-oktabr 2014-yil). 13-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Австрия VS. Венгрия 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (14-iyun 2016-yil). 16-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2016-yil.