Kontent qismiga oʻtish

Purkagichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Purkagichlar — oʻsimlik zararku-nandalari va kasalliklariga, begona oʻtlarga qarshi kurashishda, defoliatsiya va dezinfeksiya tadbirlarida kimyoviy moddalarni purkaydigan mashina yoki apparatlar. P. maxsus (tokzor, bogʻ, oʻrmonlar uchun moʻljallangan) va universal turlarga boʻlinadi. Traktor yura olmaydigan kichik maydonlarda yelkaga osib ishlatiladigan P. ham bor. Traktor P.i tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma boʻladi.

Purkash qurilmalarining turiga qarab, P. gidravlik, ventilyatorli va aerozol xillarga boʻlinadi. Gidravlik P.da suyuklik purkash uchliklariga bosim bilan uzatilib, mayda tomchilarga parchalanib purkaladi. Ventilyatorli P.da purkash uchliklaridan chikayotgan suyuklik ventilyatorning havo oqimi bilan aralashib purkaladi. Suyuklik, asosan, plunjerli, porshenli, uyurma va shesternyali nasoslar yordamida purkagich uchlariga haydaladi. Traktorga tirkab ishlatiladigan P., asosan, ikki-ta pnevmatik gʻildirakka oʻrnatilgan rama, suyuklik idishi, qorishtirgich, reduksion saqlagich klapani, filtr, uch plunjerli nasos, reduktor, ventilyator, harakatlantiruvchi mexanizm, soʻrish va haydash magistrallari, suyuklik purkalishini boshqarish tizi-mi, purkagich uchliklari va suyuklikni olish shlangidan iborat. Bu mashi-nadan, asosan, mevali daraxtlar, burdoy, sabzavot va texnika ekinlari kasalliklari hamda zararkunandalariga karshi dori purkashda foydalaniladi. Katta maydondagi oʻsimliklar maxsus purkash apparatlari oʻrnatilgan samolyotlar va vertolyotlar yordamida dorilanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil