Kontent qismiga oʻtish

Sukre (shahar)

Koordinatalari: 19°12′34″S 65°15′19″W / 19.20944°S 65.25528°W / -19.20944; -65.25528
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sukre

ispancha: Sucre
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
19°12′34″S 65°15′19″W / 19.20944°S 65.25528°W / -19.20944; -65.25528
Mamlakat Boliviya
Hukumat
 • Mer Moyzes Torres
Asos solingan 1538
Avvalgi nomlari Nuevo-Toledo, Charkas, La-Plata, Chukisaka
Maydon 710 km2 (270 kv mi)
Markazi balandligi 2904 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2011)
300,000
Vaqt mintaqasi UTC-4
Sukre xaritada

SukreBoliviyaning rasmiy poytaxti, Chukisaka departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy Kordilyera togʻlari yon bagʻrida, 2700 m balandlikda joylashgan. Aholisi 300 ming kishi (2011). Transport yoʻllari tuguni. Universitet (1624), nafis sanʼat, antropologiya va boshqa muzeylar bor.

Shaharga 1538-yilda La Plata (ispancha laplata — kumush) nomi bilan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Keyinroq Chukisaka deb nomlangan (aymar indeyslari tilida — kumush togʻ). 1825-yildan mustaqil Boliviya poytaxti. 1839-yildan mamlakat prezidenti A. X. de Sukre nomi bilan atala boshladi. Sukreda Oliy sud binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (1571), Hukumat saroyi (1892), cherkov va boshqalar saqlangan[1].

Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12°, iyulniki 9°, yiliga oʻrtacha 700 mm yogʻin yogʻadi.

Neftni qayta ishlash, sement, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud.