Nicola Abbagnano
Nicola Abbagnano | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyun 1901-yil Salerno, Italiya |
Vafoti |
9-sentabr 1990-yil Turin, Italiya |
Fuqaroligi | Italiya va Italiya qirolligi |
Millati | Italyan |
Nicola Abbagnano (talaffuzi: Nikola Abbanyano; 15-iyun 1901-yil — 9-sentabr 1990-yil) — italiyalik faylasuf, ekzistensializm vakili hisoblangan. Asosiy qarashlari inson borligʻi, uning yashash tarzi va hayoti bilan bogʻliq boʻlgan masalalalarning falsafiy jihatlariga tegishli. Uning fikricha, inson mohiyatan optimistik, yaʼni kelajakka ishonch va umid bilan qarovchi mavjudot hisoblanadi. Odamzot nazli oʻz mohiyatiyga koʻra, kelajakka umid bilan qaraydigan, ezgulikka intiladigan, oʻtmishni unutmaydigan vujuddir. Abbagnano ana shu asosda har bir insonning ekzistensial maqsadi oʻtmishdan kelajakka qaratilgan boʻlib, bu maqsadni amalga oshirishda tarixiy, zamonaviy va istiqbol bilan bogʻliq omillar muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi. U oʻzining "Pozitiv ekzistensializm" (1948), "Falsafa tarixi" (1966), "Sotsiologiya muammolari" (1967) kabi asarlarida Martin Heidegger, Karl Jaspers kabi faylasuflar qarashlarini davom ettirdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Falsafa Qomusiy lugʻat. „Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti“, „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent, 2004