Kontent qismiga oʻtish

Natasha Alam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natasha Alam

Natasha Alam 2009-yilda
Tavalludi
Natalia Anatolievna Shimanchuk

10-mart 1973-yil (1973-03-10) (51 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Toshkent davlat texnika universiteti
Kasbi Aktrisa
Model
Faoliyat yillari 2002–hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Amir Ebrahim Pahlavi Alam
    (turm. 1998; ajr. 2004)
Bolalari 1
Veb-sayti natashaalam.me

Natasha Alam (ruscha: Natalya Anatolevna Shimanchuk; asl ismi: Natalia Anatolievna Shimanchuk, 1973-yil 10-martda tugʻilgan[1]) – asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan, amerikalik aktrisa va model boʻlib[2][3], „True Blood“ serialida bosh rolni ijro etgani hamda Maxim va Playboy jurnallarining modeli boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan[4][5].

Natasha Alam 1973-yil 10-martda O‘zbekiston SSRning Toshkent shahrida rus oilasida tugʻilib oʻsgan[1][6]. U maktabda oʻqib yurgan paytlarida moda dizayneri boʻlishni xohlab yurgan[6]. Maktabni bitirganidan soʻng esa Toshkent davlat texnika universitetining aviatsiya yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. Maktabda oʻqiyotgan vaqtida moda tadbirlarida ham modellik qila boshlagan va oxir-oqibat Moskvaga koʻchib oʻtib, u yerda moda agentligi bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik italiyalik modellik agentligi u bilan shartnoma imzolagan va Natasha Italiyaga koʻchib oʻtgan[6].

Uning dastlabki aktyorlik roli 2002-yilda „Fastlane“ telekoʻrsatuvida boʻlgan. U „CSI“, „NYPD Blue“, „Nip/Tuck“, „The Unit“, „Entourage“ va „American Heiress“ kabi telekoʻrsatuvlarda ham chiqish qilgan. Shuningdek, u 2004-yildan 2007-yilgacha namoyish etilgan „The Bold and the Beautiful“ serialida Forrester modeli Ava rolini ijro etgan. U suratga tushgan filmlar orasida 2007-yilda premyerasi boʻlib oʻtgan „Sadow Dolls“ filmi hamda 2008-yilda namoyish etilgan „The Women“ komediyasi ham mavjud[1][7] .

2010-yilda u „True Blood“ serialining uchinchi mavsumida Estoniyaning Fangtasia shahridan boʻlgan ekzotik raqqosa Yvetta rolini oʻynagan. Oʻsha yilning iyul oyida u Playboy jurnalining muqovasi va rasmli reportajida tasvirlangan[8]. Keyingi yili esa Joe Reitman bilan bezorilik harakatlariga qarshi film suratga olgan va oʻsha yilning 27-avgustida Playboy Mansion qasrida oʻtkazilgan „Rock the Mansion“ nomli moda koʻrgazmasida ishtirok etgan. Ushbu tadbir bezorilikka qarshi kurash olib boruvchi kampaniya tomonidan tashkil etilgan[6].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir muncha vaqt Italiyada yashab yurganidan soʻng, Alam Eron shahzodasi Amir Ebrahim Pahlavi Alam bilan uchrashishib yurishni boshlagan va u bilan Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan[6][2]. Juftlik oradan biroz vaqt oʻtgach ajralishgan, keyin esa yana birlashib, 1998-yilda turmush qurishgan. Ular turmush qurishganidan soʻng Londonga koʻchib oʻtishgan va Natasha u yerda aktyorlik saboqlarini ola boshlagan[1][6]. Alam 2001-yilda aktrisalik qilishni xohlagani uchun Los-Anjelesga ketib qolganini aytgan[6][3]. 2001-yilda eri ham uning yoniga borgan, lekin ular 2004-yilda ajrashishga qaror qilishgan[1][6]. Natasha 2009-yilda qiz farzandini dunyoga keltirgan. Valentina ismli qizining otasi Joe Campana boʻlgan[6].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmlari
Yil Film Rol Izoh
2006-yil Spy Games: The Black Wolf Hunt Tanya Telefilm (ruscha)
2006-yil Shadow Puppets Amber
2008-yil In Twilightʼs Shadow Carlisle Qisqa metrajli film
2008-yil The Women Natasha
2009-yil War Wolves Erika Moore
2009-yil No Cell Phones Allowed Julia Qisqa metrajli film
2010-yil The Black Belle Belle Gunness
2010-yil Bring Me the Head of Lance Henriksen Natasha
2011-yil Guy Suave: Homicidal Spy Wetsy Swolleninski Telefilm
2013-yil Huff Laci
2014-yil Dead Sea Skipper
2015-yil An Act of War Ivana
2015-yil Risk for Honor
2016-yil The Code of Cain Sara Ogden
2016-yil Bunker: Project 12 Irina
2018-yil Beverly Hills Bandits Francine Reed
2020-yil Aladdin Karma
 – The Pharm Nikita Aniq emas
 – Social Distancing Natalie Rose Aniq emas
Teleseriallari
Yil Teleserial Rol Izoh
2002-yil Fastlane Katiya Federov 1-mavsum, 3-qism: „Gone Native“
2003-yil Just Shoot Me! Hellena 7-mavsum, 22-qism: „Evaluate This!“
2004-2007-yillar The Bold and the Beautiful Ava
2005-yil CSI: Crime Scene Investigation Svetlana Melton 5-mavsum, 13-qism: „Nesting Dolls“
2005-yil NYPD Blue Elena 12-mavsum, 19-qism: „Bale to the Chief“
2005-yil Less than Perfect Daniella 3-mavsum, 19-qism: „Claudeʼs Extreme Makeover“
2005-yil Wanted Inez 1-mavsum, 2-qism: „The Wild Bunch“
2006-yil Nip/Tuck Analise 4-mavsum, 4-qism: „Shari Noble“
2007-yil The Unit Rus qiz 2-mavsum 21-qism: „Bedfellows“
2007-yil Entourage Anika 4-mavsum, 4-qism: „Sorry, Harvey“
2007-yil American Heiress Piyonista qiz
2008-yil My Own Worst Enemy Styuardessa 1-mavsum 5-qism: „The Night Train to Moscow“
2010-yil Important Things with Demetri Martin Natasha
2010-yil True Blood Yvetta
2012-yil Resident Evil 6 Helena Harper
2013-yil Body of Proof Tatyana 3-mavsum, 6-qism: „Fallen Angel“
2013-yil NCIS: Los Angeles Veronica Pisconov
2016-yil Itʼs Always Sunny in Philadelphia Tatiana 11-mavsum, 3-qism: „The Gang Hits the Slopes“
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Lee, Elizabeth „Incognito princess works as Forrester model!“. SoapCentral.com (2008-yil 17-yanvar). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 Lombardi, Lisa. „MY FIRST TIME: NATASHA ALAM“. Maxim (2008-yil 15-yanvar).
  3. 3,0 3,1 „Haute Secrets San Francisco: True Blood's Natasha Alam, Hollywood's Rising Star“. Haute Living (2011-yil 14-fevral).
  4. „Natasha Alam“. Playboy. 2015-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  5. „Natasha Alam“. Maxim. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 6,8 „Exclusive: Natasha Alam on True Blood, Skarsgard, & Her Anti-Bullying Message“. True-Blood.net (2011-yil 19-iyul). 2015-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  7. Sparborth, Christian Höhne „CSI Guest Actor Perspective - Natasha Alam“. (interview) CSIFiles.com (2005-yil 4-fevral). 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  8. „'True Blood' Newbie Natasha Alam On Shooting Nude Scenes With Alexander Skarsgard & Posing For Playboy | Access Online“ (en). Access (2010-yil 9-iyun). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.