Michael Krmenčík
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Michael Krmenčík | ||
Tavallud sanasi | 15-mart 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Kraslice, Chexiya | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Persija Jakarta | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
TJ Kraslice | |||
Baník Sokolov | |||
Viktoria Plzeň | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2020 | Viktoria Plzeň | 91 | (45) |
2012 | → Baník Sokolov (ijara) | 12 | (1) |
2012—2013 | → Zenit Čáslav (ijara) | 20 | (1) |
2013 | → Vlašim (ijara) | 12 | (1) |
2014 | → Baník Ostrava (ijara) | 11 | (2) |
2014—2015 | → Dukla Prague (ijara) | 25 | (8) |
2020—2022 | Club Brugge | 15 | (3) |
2021 | → PAOK (ijara) | 22 | (4) |
2021—2022 | → Slavia Prague (ijara) | 13 | (4) |
2022— | Persija Jakarta | 10 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2011 | Chexiya U18 | 6 | (3) |
2011—2012 | Chexiya U19 | 11 | (1) |
2013 | Chexiya U20 | 3 | (0) |
2013—2014 | Chexiya U21 | 8 | (3) |
2016— | Chexiya | 31 | (9) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 6-dekabr uchun) |
Michael Krmenčík (talaffuzi: Mixael Krmenchik; 1993-yil 15-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Persija Jakarta klubi va Chexiya terma jamoasi hujumchisi[1].
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krmenčík futbolchilik faoliyatini Kraslicening akademiyalarida boshlagan, keyin esa FK Baník Sokolovga oʻtgan. FC Viktoria Plzeň rahbariyati Krmenčíkning isteʼdodidan xabardor boʻlishdi va tezda uni klubga qoʻshib olishdi.
Ilk faoliyati davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda asosiy tarkibga oʻtdi va oʻsha yilning aprel oyida 1. FK Pribramga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2011—2012-yilgi mavsumda Banik Sokolovga ijaraga berildi va klubda oʻzining debyut professional golini kiritdi.
Keyingi toʻrt mavsumda Chexiya chempionatlarida FK Čáslav, FC Sellier Bellot Vlašim, FC Baník Ostrava va FK Dukla Pragueda ijarada oʻynadi. 2015—2016-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida FC Viktoria Plzeňga qaytdi[2].
Toʻqqizta oʻyinda uch bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi[3].
Viktoria Plzeň
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning yanvariga kelib, Krmenčík FC Viktoria Plzeňda 124 ta oʻyinda 62 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 4 ta sovrinni qoʻlga kiritdi. 2017—2018-yilgi mavsumda ham liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Club Brugge
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil yanvar oyida „Brugge“ Krmenčíkni sotib olish uchun 6 million yevro sarfladi. Belgiya klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi[4]. Biroq, Chexiyalik hujumchi uchun moslashuv qiyin kechdi, 19 oʻyinda bor-yoʻgʻi 3 tadan gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi
PAOKga ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning 5-yanvarida PAOK „Brugge“ bilan Krmenčíkni 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[5]. 2021-yil 22-may kuni Krmenčík Gretsiya kubogi finalining so‘nggi daqiqasida gol urdi, klub Olimpiakos ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi[6].
Slavia Praguega ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 23-iyul kuni Slavia Prague Krmenčík klubga mavsumiy ijara asosida qo‘shilishi va agar „Slavia“ UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olsa, transferni doimiy qilish majburiyatini olishini eʼlon qildi[7].
Persija Jakarta
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil iyun oyida Krmenčík Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persia Jakartaga qoʻshildi[8]. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda (0:1, mag‘lubiyat) debyutini o‘tkazdi[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krmenčík 2016-yildan beri Chexiya terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. 26 o‘yin o‘tkazgan va to‘qqizta gol kiritgan. Ilgari koʻplab yoshlar darajasida oʻz mamlakatini himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 6-dekabr, 2022-yil
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Viktoria Plzeň | 2010—2011 | Chexiya birinchi ligasi | 1 | 0 | — | — | — | 1 | 0 | |||
2011—2012 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||
2015—2016 | 7 | 2 | 3 | 1 | — | — | 10 | 3 | ||||
2016—2017 | 26 | 10 | 1 | 1 | 10 | 2 | — | 37 | 13 | |||
2017—2018 | 24 | 16 | 0 | 0 | 10 | 6 | — | 34 | 22 | |||
2018—2019 | 13 | 7 | 0 | 0 | 3 | 2 | — | 16 | 9 | |||
2019—2020 | 20 | 10 | 1 | 3 | 4 | 2 | — | 25 | 15 | |||
Jami | 91 | 45 | 5 | 5 | 27 | 12 | 1 | 0 | 124 | 62 | ||
Baník Sokolov (ijara) | 2011—2012 | Chexiya milliy futbol ligasi | 12 | 1 | 0 | 0 | — | — | 12 | 1 | ||
Zenit Čáslav (ijara) | 2012—2013 | Chexiya milliy futbol ligasi | 20 | 1 | 0 | 0 | — | — | 20 | 1 | ||
Vlašim (ijara) | 2013—2014 | Chexiya milliy futbol ligasi | 12 | 1 | 2 | 4 | — | — | 14 | 5 | ||
Baník Ostrava (ijara) | 2013—2014 | Chexiya birinchi ligasi | 11 | 2 | — | — | — | 11 | 2 | |||
Dukla Prague (ijara) | 2014—2015 | Chexiya birinchi ligasi | 13 | 3 | 1 | 0 | — | — | 14 | 3 | ||
2015—2016 | 12 | 5 | 4 | 2 | — | — | 16 | 7 | ||||
Jami | 25 | 8 | 5 | 2 | — | — | 30 | 10 | ||||
Club Brugge | 2019—2020 | Belgiya birinchi divizioni A | 6 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | |
2020—2021 | 9 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 12 | 3 | |||
Jami | 15 | 3 | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 19 | 3 | ||
PAOK (ijara) | 2020—2021 | Gretsiya Superligasi | 22 | 4 | 6 | 5 | — | — | 28 | 9 | ||
Slavia Prague (ijara) | 2021—2022 | Chexiya birinchi ligasi | 10 | 4 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 16 | 4 | |
Persija Jakarta | 2022—2023 | Liga 1 | 10 | 5 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 10 | 5 | |
Jami faoliyati | 228 | 74 | 20 | 16 | 35 | 12 | 1 | 0 | 284 | 102 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktoria Plzeň
- Chexiya Birinchi Ligasi: 2010—2011, 2015—2016, 2017—2018
Club Brugge
- Belgiya birinchi divizioni A: 2019—2020
PAOK
- Gretsiya kubogi: 2020—2021[10]
Individual
- Chexiya Birinchi Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2017—2018
- Gretsiya kubogi toʻpurari: 2020—2021
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „POTVRZENO! Bruggy představily Krmenčíka, propustka za 169 milionů“ (Czech). isport.blesk.cz (2020-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
- ↑ „Krmenčík a Štípek odcházejí na hostování“ (Czech). Deník (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2014-yil 25-iyun.
- ↑ „Krmenčík: Chtěl bych hlavně hrát stabilně v české soutěži“ (Czech). Česká televize (2015-yil 12-mart). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Michael Krmencik joins Club Brugge on a permanent deal“ (el) (2020-yil 30-yanvar).
- ↑ „Michael Krmenčík joins PAOK“ (el) (2021-yil 5-yanvar).
- ↑ „Ολυμπιακός - ΠΑΟΚ 1-2“ (el) (2021-yil 22-may).
- ↑ „Do Slavie přichází Michael Krmenčík“ (Czech). Slavia Praha (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „Krmenčík následuje Kúdelu. Za novou výzvou letí do Indonésie“ (cs). isport.blesk.cz. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- ↑ „Rapor Penampilan 3 Pemain Asing Persija saat Debut di Liga 1 2022-2023“. skor.id (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
- ↑ „Paok win Greek cup final over Olympiakos“. Greek City Times (2021-yil 23-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.