Jean Chrétien
Qiyofa
Kretyen Jan (1934.11.1, Shavinigan) — Kanada davlat arbobi. Kvebek shahridagi Lanal universitetini tugatgan (1958). 1968—74 yillarda Kanada indeyslar ishi va shimoliy hududlar taraqqiyoti boʻyicha vaziri, 1974—76 yillarda Xazina kengashi prezidenti, 1976-yildan sanoat, savdo va tijorat, 1977-yildan moliya vaziri. 1980-yildan Kanada adliya vaziri va bosh prokurori, 1982-yildan energetika va resurslar vaziri. 1984-yil iyundan bosh vazir oʻrinbosari va tashqi aloqalar boʻyicha davlat kotibi. 1990-yildan Kanada Liberal partiyasi yetakchisi. 1993-yil noyabrdan Kanada bosh vaziri.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |