Kontent qismiga oʻtish

Jamthund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jämthund Shimoliy Yevropada uchraydigan Spitz tipidagi it zotidir. Shved Elkhoundi deb ham ataladi. Jämthund nomi Shvetsiyaning markazida joylashgan Jämtland provinsiyasi nomi bilan bogʻliq.

Shved Elkhoundi

Shved Elkhoundi butun Skandinaviyada asrlar davomida mavjud boʻlgan spits tipidagi ovchi itlar zotlaridan biridir[1]. Tarixan bu itlar ayiq, boʻri, va silovsin kabi turli xil hayvonlarni ovlash uchun ishlatilgan[2].

Shved Elkhoundi 1946-yilda Aksel Lindströmni mehnati tufayli zot sifatida rasman tan olingan. Bundan oldin, u ham, Norveg Elkhoundi ham bir xil zot sifatida koʻrilgan. Ularning ikkalasi ham ayiq va boshqa yirik hayvonlarni ovlash uchun ishlatiladi.

Bu zot faqat shimoliy Skandinaviyada topilgan d1 deb ataladigan mitoxondrial DNK guruhiga kiradi. Bu zot erkak it va urgʻochi boʻri chatishtirilishining natijasidir[3][4]. d1 guruhi 3000 yil oldin paydo boʻlgan va Skandinaviyadagi ovchi itlarning barcha zotlari ushbu DNK guruhiga kiradi. Masalan: Fin Lapphund, Shved Lapphund, Lapponian Herder, Shved Elkhoundi, Norveg Elkhoundi.

Tashqi koʻrinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyruq toʻgʻri pastga osilib turadi. Bu zotning tik quloqlari, ular orasida keng boʻshliq vauzun tumshugʻi bor. Koʻzlar jigarrang. Erkakning oʻlchamlari odatda 57 santimetr, vazni 30–35 kilogram (66–77 lb) . Urgʻochilar odatda 52 santimetr, vazni 25–30 kilogram (55–66 lb) .

Shved Elkhoundi Norveg Elkhoundidan farqlanishi kerak. Norvegi elkhoundi shved elkhoundiga qaraganda boʻyi ancha qisqaroq, dumining shakli esa juda boshqacha. Shuningdek, uning tumshugʻida qora dogʻlar bor, shved Elkhoundi esa oq tumshugʻi, oq yonoqlari va odatiy boʻri belgilariga ega.

Oʻz oilasi bilan mehribon boʻlsa-da, Shved Elkhoundi boshqa itlar bilan agressiv boʻladi. Har tomonlama kuchli it boʻlib, u egasi bilan ov safariga chiqib, katta oʻljalar bilan qaytadi.

  1. Fogle, Bruce (2009). The encyclopedia of the dog. New York: DK Publishing. p. 145. ISBN 978-0-7566-6004-8.
  2. Wilcox, Bonnie; Walkowicz, Chris (1995). Atlas of dog breeds of the world. Neptune City, N. J.: TFH Publications. pp. 355–357.
  3. Pang, J.-F.; Kluetsch, C.; Zou, X.-J.; Zhang, A.-b.; Luo, L.-Y.; Angleby, H.; Ardalan, A.; Ekstrom, C. et al. (2009). "MtDNA Data Indicate a Single Origin for Dogs South of Yangtze River, Less Than 16,300 Years Ago, from Numerous Wolves". Molecular Biology and Evolution 26 (12): 2849–64. doi:10.1093/molbev/msp195. PMID 19723671. PMC 2775109. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2775109. 
  4. Duleba, Anna; Skonieczna, Katarzyna; Bogdanowicz, Wiesław; Malyarchuk, Boris; Grzybowski, Tomasz (2015). "Complete mitochondrial genome database and standardized classification system for Canis lupus familiaris". Forensic Science International: Genetics 19: 123–129. doi:10.1016/j.fsigen.2015.06.014. PMID 26218982.