Jonathan dos Santos
Jonathan dos Santos Ramírez (talaffuzi: Jonatan dos Santos Ramires) — meksikalik futbolchi, Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi.
Jonathan dos Santos | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Jonathan dos Santos Ramírez |
Tugʻilgan | 26-aprel 1990-yil (32 yosh) Monterrey, Meksika |
Fuqaroligi | Meksika Ispaniya |
Boʻyi | 172 cm |
Vazni | 74 kg |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Barcelona“ va „Barcelona B“
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonathan dos Santos Luis Enrike tomonidan „Barcelona“ yoshlar jamoasiga qabul qilindgan[1]. 2009-yil 5-sentyabrda Jonathan dos Santos „Barcelona B“ safida „Mallorca“ning o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinda debyut qilgan[2] . Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. Jonathan dos Santos 2009-yil 28-oktabrda Ispaniya kubogi doirasida „Cultural Leonesa“ jamoasiga qarshi safarda 80-daqiqada yarim himoyachi Seydu Keyta o‘rniga maydonga tushgan va kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan[3]. Jonathan dos Santos Chempionlar Ligasidagi debyutini 2009-yil 24-noyabrda „Internazionale“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan va u 90+2-daqiqada Andres Iniestani almashtirgan[4]. Jonathan dos Santos Ispaniya chempionatidagi debyutini 2010-yilning 2-yanvarida „Villarreal“ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etgan[5].
„Villarreal“ jamoasi safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning yozida Jonathan dos Santos 2 million yevro evaziga „Villarreal“ jamoasiga ko‘chib o‘tgan va u yerda akasi Jovani bilan uchrashgan[6]. Shartnoma besh yilga tuzilgan edi[7]. 21-dekabr kuni „Deportivo de Coruña“ga qarshi oʻyinda u La Ligadagi ilk golini urdi[8].
2016-2-17-yilgi mavsumda u 34 ta oʻyinda qatnashib, ikkita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan[9].
„Los Angeles Galaxy“ jamoasi safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 27-iyulda Jonathan dos Santos MLS dan „Los Angeles Galaxy“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda Jovani bilan yana birlashdi[10][11].
Milliy terma jamoa safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonathan dos Santos Meksika terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 30- oktyabrida Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 72-daqiqada Patrisio Arauxo oʻrniga maydonga tushdi. Meksikaliklar 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi[12].
2019-yilning yozida u KONKAKAF Oltin Kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Final uchrashuvida, 73-daqiqada u yagona gol kiritib, jamoasiga AQSh termasi ustidan gʻalaba keltirdi. U turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi[13].
Xalqaro statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Mavsum | Oʻrtoqlik uchrashuvlari | Turnirlar | Jami | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Meksika | |||||||
2009-yil | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2010-yil | 4 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | |
2012-yil | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2014-yil | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
2015-yil | 4 | 0 | 6 | 0 | 10 | 0 | |
2016-yil | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | |
2017-yil | 4 | 0 | 9 | 0 | 13 | 0 | |
2018-yil | 5 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | |
2019-yil | 3 | 2 | 5 | 1 | 8 | 3 | |
2020-yil | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Umumiy karyerasida | 26 | 2 | 22 | 1 | 48 | 3 |
== Yutuqlari ==; Jamoaviy yutuqlari; „Barcelona“
- Ispaniya chempionati: 2009-2010, 2010-2011, 2012-2013
- Ispaniya kubogi: 2011-2012
- Ispaniya Superkubogi: 2013-yil
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2010-2011
- UEFA Superkubogi: 2011-yil
- Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2009-yil, 2011-yil; Shaxsiy yutuqlari
- KONKAKAF oltin kubogining ramziy jamoasi: 2019-yil
- MLS yulduzlari oʻyini: 2018-yil, 2019-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jonathan Dos Santos // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Барса не смогла набрать первые очки (1:1)“. FCBarcelona.cat (2009-yil 5-sentyabr). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Партидо аль Камп Ноу“. sport.es (2009-yil 28-oktyabr). 2009-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Барселона против Интера“. Goal.com (2009-yil 24-sentyabr). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Барселона — Вильярреал (1:1)“. Goal.com (2010-yil 2-yanvar). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-yanvar.
- ↑ Dermot Corrigan. „Jonathan dos Santos to leave Barcelona for Villarreal“ (en). ESPN FC (2014-yil 10-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ Rupert Fryer. „Jonathan Dos Santos joins Villarreal“ (en). Goal.com (2014-yil 9-iyul). 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ Tim Hanlon. „Luciano Vietto's second-half double earns Villarreal win against Deportivo La Coruna“ (en). Daily Mail Online (2014-yil 21-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ Jonathan dos Santos // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Simon Borg. „LA Galaxy sign Jonathan dos Santos on a transfer from Villarreal“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 27-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ „LA Galaxy complete deal to sign Jonathan dos Santos from Villarreal“ (en). ESPN (2017-yil 27-iyul). 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ „Мексиканской истории“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
- ↑ „2019 Concacaf Gold Cup - Best XI“ (en). Gold Cup (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.