Islom esxatologiyasi
Islom esxatologiyasi – (arabcha: علم الأخرويات الإسلامية) – musulmonlarning dunyoning oxiri, qiyomat kuni va oxirat haqidagi tushunchasi.
Oxirat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oxirat (arabcha: الآخرة oxir, oxirgi, kelajak hayot) – islom esxatologiyasida boshqa dunyo, inson uchun yagona abadiy va muhim hayot. Arabcha „axira“ soʻzi „oxir“, „keyin boʻladigan narsa“, „oxirgi kun“ degan maʼnolarni anglatadi. Musulmonlar bu soʻz bilan dunyoning oxiri, shuningdek, oʻlimdan keyin boshlanadigan yangi, cheksiz hayot deb atashadi.
Oxirat dunyoning oʻlim yoki oxiri bilan boshlanadi, hamda qiyomat, jannat va jahannamni oʻz ichiga oladi. Buyuk oxirat – Isrofil farishtaning surnayining birinchi ovozidan ikkinchi ovozigacha davom etadigan vaqt davri hisoblanadi[1].
Oxirat yerdagi hayotga (dunyoga) qarshidir. Oxiratning sinonimi al-maod atamasi hisoblanadi. Yer yuzidagi hayotni oxiratga qarama-qarshi qoʻyish tushunchasi Muhammad paygʻambarning vaʼzlarida asosiy gʻoyalardan biri boʻlgan. U oʻz vatandoshlarini barcha qilgan ishlari uchun javob berishga majbur boʻladigan dunyo borligiga ishontirishga harakat qilgan. Musulmon ilohiyotida oxirat tushunchasining rivojlanishi abadiy dunyo (dor al-baqo) va yerdagi hayot (dor al-fana)ni qarama-qarshi qoʻyish, shuningdek, oxirat (jannat, doʻzax, tirilish, qiyomat kuni va boshqalar) haqidagi gʻoyalarni batafsil bayon qilish yoʻnalishida amalga oshirilgan[2].
Barzax
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barzax (arabcha: برزخ toʻsiq) – islom esxatologiyasida, inson ruhi oʻlim va qiyomat kuni oʻrtasidagi davrda qoladigan oraliq holat.
Jannat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jannat (arabcha: جنّة – bogʻ) – islom esxatologiyasida qiyomatdan keyin solih musulmonlar abadiy yashaydigan goʻzal bogʻ. Qur’on va Muhammad paygʻambarning sunnatlarida jannat, uning darajalari va xususiyatlari tasvirlangan.
Qiyomatdan keyin moʻminlar jannatga boradilar, kofirlar esa doʻzaxda abadiy yonadilar. Jannatda insonlar Alloh taoloning oʻzlari uchun tayyorlagan neʼmatlaridan abadiy bahramand boʻlishadi. Jannat ahli uchun asosiy mukofot Rabbiyning tafakkuri boʻladi. Alloh taolo jannat va doʻzaxni maxluqotlar yaratilishidan oldin yaratgan boʻlib, u yerdagilar halok boʻlmaydi[3].
Islom anʼanalarida jannatning barcha ahli tasavvur qilib boʻlmaydigan va soʻz bilan tasvirlab boʻlmaydigan narsani olishlari haqida maʼlumotlar bor[4]. Islom ilohiyotshunoslari (Ulamolar) Qur’on va Sunnatdagi jannat va doʻzaxning taʼriflari faqat insoniy tushunchalar darajasidagi taxminiy gʻoyalarni aks ettiradi. Ularning asl mohiyati tushunarsiz va faqat Allohning hukmidan keyingina oydinlashadi, deb hisoblashadi. Oxirat haqidagi barcha gʻoyalar musulmonlar tomonidan hisobga olinib, bularning barchasining asl mohiyati faqat Allohgagina maʼlumdir.
Jannat ulkandir. U kumush va tilla gʻishtlardan xushboʻy mushk hidi bilan yaratilgan[5]. Jannatda qoladigan odamlar hech qanday muammo va qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Hadislarda jannat daraxti Tuba[6] va tanasi tilladan qilingan boshqa koʻplab daraxtlar[7] zikr qilinadi.
Jannatda nikoh hayoti boʻladi, lekin bolalar tugʻilmaydi[8]. Jannat ahli yeb-ichadilar. Noz-neʼmatlar orasida odamni mast qilmaydigan jannat sharobi boʻladi. Najas odamlardan mushkka oʻxshash maxsus ter orqali chiqadi[9]. Jannat uylari yaxontlar, marvaridlar va boshqa toshlardan yasalgan ulkan chodirlarga oʻxshaydi[10]. Jannatiylar ipak, atlas va kimxobdan kiyim kiyadilar. Ular oltin taqinchoqlar ham taqishadi.
Qur’oni karimda Alloh taoloning nazari haqida ham shunday deyilgan: „U kunda yuzlar porlab, Parvardigorlariga qaraydilar“. Sunniy ilohiyotchilar (ulamolar) solihlar Allohni jannatda koʻrishiga ishonishni farz deb biladilar. Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziyning (roziyallohu anhu) hadislar toʻplamlarida shunday hadislar bor: „Sizlar hech qanday qiyinchiliksiz Robbingizni oyni koʻrganingizdek koʻrasizlar. U bilan sizlarning orangizda hech qanday toʻsiq boʻlmas“[11]. Allohni koʻrish imkoniyati samoviy neʼmatlarning eng choʻqqisi boʻladi[12].
Jannatda 4 ta bogʻ (Adn, Firdavs, Mavo va Naim) va 4 daryo (Salsabil, Tasmim, Main va Kavsar). Eng yuqori pogʻonada Firdavs joylashgan boʻlib, uning ustida Allohning arshi (arshi aʼlo) boshlanadi. Jannat daryolarida suv, sut, samoviy sharob va asal oqadi.
Jahannam
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahannam (arabcha: جهنم doʻzax) – musulmon taʼlimotida jahannam yoki doʻzaxning eng keng tarqalgan nomi.
Qiyomat kuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiyomat (arabcha: يوم القيامة, йаум аль-кийа́мах – tik turish kuni) – islom esxatologiyasida, Xudoning hukmi kuni, barcha odamlar qilgan amallari uchun mukofot oladilar. Qiyomat kuniga eʼtiqod qilish islom eʼtiqodining ajralmas unsurlaridan biridir.
Qiyomat Isrofil farishtaning ikki marta sur chalishi bilan boshlanadi. Birinchisi, Alloh taoloning barcha yaratganlarini yoʻq qilishini, ikkinchisi esa insoniyatning qayta tirilishini va Xudoning hukmi boshlanishini eʼlon qiladi. Qiyomat kunida barcha maxluqot Alloh huzuriga chiqadi va qilgan amallari uchun javob beradi. Qiyomat haqida Qur’on va Muhammad paygʻambar sunnatlarida koʻp gapirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Судный день и вера в последующую вечную жизнь (Ахира)“. Фонд Ихлас. 2013-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
- ↑ Ислам: ЭС 1991.
- ↑ Sharxu’l-Akidadit-Taxaviyya, s. 420—432; Madjmuu’l-Fatava, XVIII, 307
- ↑ al-Buxari, „Badu’l-Xalk“ 8, „Tafsir“, „Sadjda“ 1, „Tauxid“ 35; Muslim „Djanna“ 2, /2824/; at-Tirmizi „Tafsir“ /3195/
- ↑ Tirmizi „Djanna“ 2, /2528/
- ↑ Tirmizi, „Tafsir“, „Vakia“, /3289/, „Djanna“ 1, /2525/
- ↑ Tirmizi „Djanna“ 1, /2527/
- ↑ Tirmizi „Djanna“ 23 /2566/
- ↑ Muslim „Djanna“ 18, /3835/; Abu Davud „Sunnat“ 23, /4741/
- ↑ Tirmizi „Djanna“ 23
- ↑ al-Buxari, „Mavakitus-Salat“ 6, 26, „Tafsir“, Kaf 1, „Tauxid“ 24; Muslim „Masadjid“ 211, /633/; Abu Davud „Sunnat“ 20, /4729/; at-Tirmizi „Djanna“ 16, /2554/
- ↑ Muslim „Imam“ 297, /181/; at-Tirmizi „Djanna“ 16, /2555/