IKEA
Turi | furniture store chain va brend |
---|---|
Xizmatlari | Chakana savdo, Yogʻochni qayta ishlash |
Qachon asos solingan | 28-iyul 1943[1] |
Asoschi(lari) | Ingvar Kamprad |
Rahbarlari |
Ingvar Kamprad, Asoschi Anders Dahlvig, Prezident Hans Gydell, Prezident |
Daromadi | US$28.6 miliard (2007)[2] |
Ishchilar soni | 104,000 (2006) |
Vebsayti | www.ikea.com |
IKEA - Shvetsiya kompaniyasi, mebel va uy jihozlari sotish boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo markazlariga ega boʻlgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Toʻliq nomlanishi – IKEA International Group. Kompaniya bosh ofisi – Leyden shahri, Gollandiya(Niderlandiya) provinsiyasida joylashgan[3].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya ildizlari Shvetsiyaga borib taqaladi va marketing siyosati maqsadida Shvetsiya imidjini saqlashga harakat qiladi. 1943-yil Ingvar Kamprad kompaniyaga asos solgan. Mebel kompaniya maxsulotlar asortimentiga 1947-yildagina qoʻshilgan. 1955-yildan boshlab “IKEA” oʻz hususiy markasi ostida mebel ishlab chiqishni boshlaydi. Boshida Kamprad mahsulotlarni oʻz uyi va pochtadan sotishni boshlaydi,1958-yilga kelib esa birinchi savdo markazi ochiladi. IKEA atamasi “Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd” soʻzlari bosh harflari yigʻindisidan tashkil topgan,yani kompaniya asoschisi ismi sharifi va u yashagan ikki turar joy nomlari.
Boshqaruv
[tahrir | manbasini tahrirlash]IKEA kompaniyasi Stichting Ingka Foundation fondiga tegishli.(gruppaning bosh kompaniyasi - Ingka Holding B. V, Gollandiya) Kompaniya prezidenti – Anders Dal`vig. 2006-yil Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy shaxslari safiga kiradi. Ingvar Kamprad – kompaniya asoschisi va egasi, dunyoning eng boy shaxslari ichida toʻrtinchi oʻrinda, uning mulki $28 milliardni tashkil etadi.
Faoliyat turi
[tahrir | manbasini tahrirlash]IKEA kompaniyasining asosiy faoliyati mebel ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.Ushbu mebelni hech kimning yordamisiz uyda terib olish mumkin. 2006-yil maʼlumotlariga koʻra kompaniya 33 davlatda 229 ta savdo markazlariga ega. Savdo markazlarining asosiy qismi Evropada joylashgan.IKEA kataloglari bepul tarqatiladi, 2006-yilda 160 million nusha chop etilgan. Swedwood kompaniyasi(IKEA konserni) dunyoning 11 davlatida 30 dan ortiq mebel va yogʻochni qayta ishlash tashkilotlarga egalik qiladi. IKEA da ish bilan taʼminlangan ishchilar soni – 104 ming kishini tashkil etgan(2006yilda). Hoovers maʼlumotlariga koʻra IKEA ning 2005-yilgi oboroti $18 mlrdni tashkil etgan.
IKEA Rossiyada
[tahrir | manbasini tahrirlash]IKEAning Moskva dagi ilk savdo markazi 2000-yilda ochildi. 2002-yil dekabr oyida birinchi “Mega” (maydoni – 150 000 kv.m, investisiya hajmi - $200mln) ochilgan. 2007-yil fevral oyiga binoan Rossiyada IKEA ning 8 ta savdo markazlari (Moskvada – 3 ta, Sankt- Peterburgda –2 ta,Kazan,Nijniy Novgorod va Ekaterinburgda – 1tadan) faoliyat olib bormoqda.
Magazinlar roʻyhati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IKEA Himki
- IKEA Tyopliy Stan`
- IKEA Belaya Dacha
- IKEA Dibenko ko`chasi (Sankt-Peterburg)
- IKEA Parnas
Boshqa shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IKEA Kazan
- IKEA Ekaterinburg
- IKEA Nijniy Novgorod
Qurilayotgan magazinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IKEA Samara — ochilishi 2007 yil ohirida
- IKEA Rostov-na-Donu — ochilishi 2007 yil ohirida
- IKEA Novosibirsk — 2007 yil 29 noyabrda ochilgan
- IKEA Adigeya
- IKEA Saratov — ochilishi 2008-2009
- IKEA Ufa — ochilishi 2008-2009
- IKEA Omsk — ochilishi 2008-2009
- IKEA Mitishi — ochilishi 2008-2009
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedfinancialtables
- ↑ IKEA qanday faoliyat olib boradi, 2006-08-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IKEA - Rasmiy sayti
- IKEA US catalogue (Wayback Machine saytida 2007-10-27 sanasida arxivlangan) - IKEA AQSH kataloglari
- IKEA Australia catalogue (Wayback Machine saytida 2007-10-29 sanasida arxivlangan) - IKEA Avstraliya kataloglar sayti