Karl von Frisch
Qiyofa
FRISH (Frisch) Karl fon (1886. 20.11, Vena 1982.12.6, Myunxen) - nemis fiziologi va etnologi. Vena universitetini tugatgan (1910), Myunxen universiteti professor (1950-yildan). Ilmiy ishlari baliqlar va hasharotlarning sezish organlarini oʻrganishga oid. Asalarining fiziologax va biologik xususiyatlarini tadqiq qilgan. "Asalarilar raqsi" nomli asarida (1942) asalarilarning bir-biriga axborot berish, uchish yoʻnalishini, biror maqsadda uchib borib qoʻnish joyigacha boʻlgan masofani belgilash mexanizmini taʼriflab bergan. Nobel mukofoti laureata (1973, K. Lorens va N. Tinbergan bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |