Kontent qismiga oʻtish

Famagusta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Famagusta, Amoxostos – Kiprning janubi-sharqiy qismidagi shahar va port. Aholisi 37,7 ming kishi (2001). Savdo markazi, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan baliq ovlanadi. Arxeologiya yodgorliklari muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi III asrda asos solingan va oʻsha davrda Arsinoya deb atalgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan XIV-XIV asrlarda qurilgan shahar devori, gotika cherkovi, saroylar saqlangan.