Kontent qismiga oʻtish

Fagʻnaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy (XII asr oxiri – Vobkent tumani Anjir Fagʻnav (qozoqcha „Anjirbogʻ“) qishlogʻi – 1286) – Xojagon Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shugʻullangan. Xoja Orif Mohitobon – Revgariyyadan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik silsilasini boshqargan. „Silsilai sharif“ da 12 halqaning piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga baravar amal etgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon)ga ustozlik qilgan. Fagʻnaviy tugʻilgan qishlogʻida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida taʼmirlanib, maqbara yonida hovuz va jomeʼ masjid qurilgan. Bu joy hozir ziyoratgohga aylantirilgan.

XIII asr boshlarida Buxoro viloyati Vobkent tumani Anjir Fagʻnaviy qishlogʻida tugʻilgan. Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbogʻdir. Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy ilmi qol va ilmi holni Hazrat Xoja Orif ar Revgariydan oʻrgangan. Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviyning kasblari gilkorlik boʻlgan.

Ali Safiyning ,,Rashahotu aynul hayotʼ’ kitobida yozilishicha, Hoja Ali Rometaniy Xoja Hizrdan: ,,Shu asru ayyomda pir deb kimning etagidan tutsa boʻladi?;;-deb soʻraganlarida, Xoja Xizr: „Shu asru ayyomning piri murshidi Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy boʻladilar!“ — degan. Xoja Xizr tavsiyasiga muvofiq Xoja Ali Rometaniy Xoja Mahmudga murid boʻladi.

,,Rashahotʼ’da aytilganki, Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviydan Sayyid Amir Kulolgacha oʻtgan xojagon-naqshbandiya tariqati mashoyihlari xufyona zikr bilan jahriya zikriga baravar amal qilishgan. „Maqomoti Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy“ kitobida zikr qilinadiki, har qachon Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy: „Yo Rabbiy! — desalar, Alloh Taʼolodan — Labbayka, yo abdi!“ (Labbay, ey mening bandam!) degan javobni eshitardilar. Avliyolar albatta oʻz karomatlari bilan azizdurlar, jumladan Xoja Mahmud hazratlari ham koʻplab karomatlar sohibi boʻlganlar. Xoja Mahmudning ikki oʻgʻli Sayyid va Umar boʻlgan. Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy 1286-yilda vafot etgan va uni tugʻilgan qishlogʻida dafn etishgan. Bugungi kunda boshqa ziyoratgohlar qatorida Xazrat Mahmud Anjir Fagʻnaviy ziyoratgohida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. U yerda yangi darvozaxona, maqbara, jomeʼ masjid, quduq, hovuz, kata bogʻ barpo qilingan.


Ad. Faxruddin Ali Safiy, Rashahot, T., 2003; Orif Usmon, Buxoroi sharifning yetti piri, T., 2003; Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy, T., 2003.