Kontent qismiga oʻtish

Dejan Savićević

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dejan Savićević

Savićević 2007-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud sanasi 15-sentyabr 1966-yil (1966-09-15) (58 yosh)[1]
Podgoritsa, Chernogoriya
Faoliyat yillari 1983—2001
Boʻyi 1.80 m
Sport
Qaysi sport Futbol
Pozitsiyasi Hujumkor yarim himoyachi
Klubi FK Budućnost Podgorica
Red Star Belgrade
AC Milan
SK Rapid Wien

Dejan Savićević (1966-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2001-yildan beri u Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi (FSCG) prezidenti. Hozirda bu lavozimga beshinchi marta saylangan.

Savićević 1990-yillarda dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblangan va barcha davrlarning eng buyuk Yugoslaviyalik futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[2]. Milan klubidagi faoliyati davomida Italiya matbuotidagilar uni Genio (daho) deb atashgan.

Professional faoliyatini Yugoslaviyaning Budućnost jamoasida boshlaganidan soʻng, Savićević 1988-yilda Yugoslaviya birinchi ligasining Srvena Zvezda klubiga koʻchib oʻtgan va mazkur klubda 1990—1991-yilgi mavsum yevropa kubogida gʻolib chiqqan. Chempionlikdan keyin jamoaning eng koʻzga koʻringan futbolchisiga aylangan. 1991-yilgi oltin toʻp sovrini uchun tuzilgan reytingda ikkinchi oʻrinni egallagan."Milan" bilan u uchta A Seriya, 1993–94 yillarda UEFA Chempionlar Ligasi va boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda yarim mavsum davomida „Srvena Zvezda“ safida harakat qilgan. 1999-yilning qolgan qismidan faoliyatining soʻnggiga qadar Venaning „Rapid“ klubi safida toʻp surgan. 2001-yilda faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro maydonda Yugoslaviya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1990 va 1998-yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2001-yildan 2003-yilgacha Serbiya va Chernogoriya terma jamoasini boshqargan.

18 mavsum davom etgan professional futbolchilik faoliyati va qisqa, muvaffaqiyatsiz bosh murabbiylik faoliyatidan soʻng, Dejan Savićević 2001-yilning yozida Chernogoriya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlay boshlagan.

Bolaligi va oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi – Vladimir Savićević, davlat tasarrufidagi Titograd temir yoʻl transporti kompaniyasi xodimi boʻlgan.

Onasi – Vojislava „Vojka“ Đurović, xuddi shu kompaniya maʼmuriyatida faoliyat olib borgan. Dejan va uning ukasi Goran Titograd temir yoʻl bekati yaqinida joylashgan Drač mahallasida oʻsib ulgʻayishgan[3].

Dejan yoshligida mahalladagi doʻstlari bilan futbol oʻynagan[4]. Bolalar oʻz uylarining yaqinida va asosan Đečevića Livada nomli maydonchada oʻyinlarni oʻtkazishgan[5].

  1. UEFA.com „Dejan Savićević | Inside UEFA“ (en). UEFA.com (2017-yil 5-aprel). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. „10 of the best playmakers of the 90s: Zizou, Laudrup, Baggio, Bergkamp...“ (en-US). Planet Football (2020-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  3. „Dragi Dejo…“. MozzartSport.com (2016-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  4. Vlaisavljević, Luka. „Željko i Dejo dobijaju grafit tamo gdje se dribling cijeni "više od života"“. Vijesti (2018-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  5. Petrović, Neša. „Pokušali su da me zavade sa Piksijem! Dejo Savićević za MONDO: Oprostio sam Osimu za Papeta, a onda je spomenuo Arkana“. Mondo.rs (2023-yil 23-fevral). Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.