Brisbendagi G-20 sammiti (2014)
Brisbendagi G-20 sammiti (2014) inglizcha: 2014 G-20 Brisbane summit' | |
---|---|
Brisben sammiti ishtirokchilari | |
Mezbon davlat | Avstraliya |
Sana | 15-16noyabr 2014-yil |
Shior | Global iqtisodiy oʻsish |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | Brisbane Convention & Exhibition Centre, Brisben, Avstraliya |
Shaharlar | Brisben, Avstraliya |
Ishtirokchilar | G20 (+Mavritaniya, Myanma, Yangi Zelandiya, Singapur, Ispaniya) |
Keyingi | Antaliyadagi G-20 sammiti (2015) |
Avvalgi | Sankt-Peterburgdagi G-20 sammiti (2013) |
Veb-sayti | G20 Australia 2014 |
Brisbendagi G20 sammiti- Katta 20ta davlatlar jamlanmasi sanalgan G20 15-16 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida 9-nchi sammitini oʻtqazgan.
Mezbonlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Global iqtisodiy oʻsish G20-ning Brisbenda oʻtgan sammitida bosh mavzu boʻlgan. Delegatlar kelasi besh yilda oʻsish darajasini 2014-yilga nisbatan loaqal ikki foizga koʻtarish yoʻllarini muhokama qilishgan.Rasmiylarning aytishicha, bu bilan global daromad 2 trillion dollardan koʻpga oshishi va millionlab ish oʻrinlari yaratilishini taʼkidlab oʻtishgan. New South Wales Business School universiteti professori Richard Xolden nazarida global iqtisodiy rivojlanishning kaliti erkinroq savdodir.
Oʻtgan yarim asrda jahonda savdoga qoʻyilgan tariflar sezilarli darajada qisqardi, savdo-sotiqni cheklovchi boshqa toʻsiqlar olib tashlandi. Bundan xalqaro miqyosda oldi-sotdi koʻlami oshib, ham boy, ham kambagʻal mamlakatlarda birday oʻsishni taʼminladi. Lekin savdoda hamon cheklovlar yetarli va sammitda mana shularni pasaytirish yoʻllari haqida gaplashish kerak - degan professor.[1]
Avstraliyadagi sammit mamlakatda shu sanagacha jahon rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan eng yirik anjuman boʻlgan. Brisben shahrida favqulodda xavfsizlik choralari koʻrilib, qatnov qattiq kuzatuv ostida boʻlgan. Faollar sammit paytida namoyishga chiqib, global qashshoqlik, iqlimdagi salbiy oʻzgarishlar, gomoseksual shaxslar huquqlari kabi muammolarni koʻtarish niyatida ekanliklarini aytib oʻtishgan.Avstraliyaning tub aholisi huquqlari uchun kurashuvchi guruhlar sammit oldidan Brisben boʻylab namoyishlar oʻtkazishgan.Internetda 15-16 noyabr kunlariga rejalangan sammit ishini toʻxtatishga daʼvatlar ham boʻlgan.[1]
Sammit ochilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya Bosh vaziri Toni Ebbot Tinch okeani boʻyidagi Brisben shahrida G20 sammitini ochayotib, davlatlarni global iqtisodiyotni kengaytirishga undagan.Dunyoning eng qudratli 20 davlati asosiy eʼtiborni iqtisod, mintaqaviy mojarolar va iqlimdagi muammolarga qaratishi kerak, deya oʻz fikrini bildirgan Abbott.
Qayerga qaramang, muammo va qiyinchiliklar. Yaqin Sharqda urushlar, Sharqiy Yevropada ham notinchlik. Afrikada ham ahvol ogʻir. Umid va optimizm bilan harakat qilishimiz, rivojlangan mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqarib, masalalarni hal etishimiz kerak- degan Avstraliya rahbari.
Sammitda har bir davlat kelasi besh yilda oʻz iqtisodiyotini koʻtarish uchun qanday rejaga ekanini tushuntirib berishi kutilgan. Global ishlab chiqarish miqdorini 2 trillion dollarga yetkazish rejalangan.[2]
Sammit ishtirokchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taklif qilinganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammit yakuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunyo iqtisodiyotining salmoqli qismini tashkil etuvchi 20 davlat rahbarlari Avstraliyaning Brisben shahrida oʻtgan sammitda global yalpi ichki mahsulot hajmini 2015-2020-yilga qadar ikki trillion dollardan oshirishga qaratilgan rejani qabul qilgan. Shu maqsadda infratuzilmani kengaytirish uchun qoʻshimcha sarmoya kiritishga va erkin savdoni kuchaytirishga kelishilgan. Hujjatda iqlim oʻzgarishiga qarshi keskin chora koʻrish hamda Gʻarbiy Afrikada tarqalgan Ebola virusi bilan xalqaro miqyosda kurashish zarurati bitilgan.Katta Yigirmatalik mezboni, Bosh vazir Toni Ebbottning aytishicha, olingan majburiyatlar ijrosini davlatlar oʻzaro nazorat qilajagini bildirgan.[3]
Katta Yigirmalikka aʼzo mamlakatlar harakatlari tufayli dunyo aholisining hayoti yaxshilandi. Joriy yilda haqiqiy, amaliy natijalarni koʻrdik - Toni Ebbott.
Dunyo iqtisodiyotining 85 fozi Katta Yigirmatalikka aʼzo mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan. Biroq soʻnggi paytda Xitoy, Yaponiya, Yevropa va AQShda iqtisodiy oʻsish sekinlashgan.
AQShning nufuzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammit soʻnggida oʻtkazilgan matbuot anjumanida AQSh Prezidenti Barack Obamaning aytishicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻylab qilingan uning soʻnggi safarlaridan Amerikaning dadil yetakchiligi koʻzga yaqqol tashlangan.
Qabul qilingan qarorlar natijasida amerikaliklar uchun ish oʻrinlari oshadigan boʻldi, sayyora tozaroq va sogʻlomroq boʻladi, nafaqat Gʻarbiy Afrika, balki boshqa joylarda ham insonlar hayotini saqlashda muhim qadamlar qoʻyildi - Barack Obama.[3]
Rossiya va Putinga qarshi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina boʻhronidagi Moskvaning roli borasida gʻarb yetakchilari tanqidlari qarshisida qolgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Avstraliyaning Brisben shahrida oʻtgan Katta yigirmatalik sammitini protokol boʻyicha belgilangan vaqtdan oldinroq tark etgan. Oʻzining bu qarorini Putin dushanba kuni ishga chiqish oldidan mizgʻib olish istagi bilan izohlagan.Katta yigirmatalik sammiti qatnashchilari 16-noyabr kuni tongda amaliy nonushtaga yigʻilgan vaqtda Putin boshqa joyda sammit yakuni boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazgan.Kreml rahbari sammitni ertaroq tark etish qarorini dushanba kuni (buyerda 17-noyabr nazarda tutilmoqda) ishga chiqishdan oldin mizgʻib olish istagi bilan izohlagan.
Vladivostok shahriga bu yerdan toʻqqiz soat uchiladi. Vladivostokdan Moskvaga uchish uchun ham shuncha soat kerak. Uyga yetib olib, dushanba kuni ishga chiqishim uchun hech boʻlmaganda toʻrt-besh soat mizgʻib olishim kerak - degan Putin.[4]
Yevropa Ittifoqi va AQSh rahbarlari sammit ochilgan vaqtda Avstraliya Bosh vaziriga iliq kutib olgani uchun minnatdorchilik bildirar ekan orada, Ukraina sharqidagi boʻhronni muhokama etishda paydo boʻlgan muammolarda Rossiyani tanqid qilishgan.Yevropa Kengashi rahbari Herman Van Rompuy Yevropa Ittifoqi Ukrainada keng koʻlamli qurolli nizo qaytalanishining oldini olish uchun barcha diplomatik choralar, jumladan, Rossiyaga qarshi yangi jazo choralarini ishga solishga tayyorligini bildirgan.
Agar Moskva Ukrainadagi vaziyatni yumshatish yoʻlini tutmasa va Minskda erishilgan bitim shartlarini bajarmaydigan boʻlsa, Yevropa Ittifoqi yangi sanktsiyalarga qoʻl urishi mumkin - degan Rompuy.
Oʻz navbatida, Olmoniya Kansleri Angela Merkel ham Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi qoʻshimcha jazo choralari qoʻllash masalasini koʻrib chiqayotganini aytgan.
Hozirgi vaziyat bizni qoniqtirmaydi. Yangi shaxslar qora roʻyxati kun tartibida - degan Merkel.
Prezident Putin Ukrainada nizoni toʻxtatishga qaratilgan xalqaro huquq meʻyorlari va kelishuvlarni buzishda davom etsa, izolyatsiyada qolaveradi - deb oʻz fikrini qayd etgan.
Barack Obama taʻkidicha, Rossiya Ukrainadagi ayirmachilarga ogʻir qurollarni yetkazib bergan holda, xalqaro huquq meʻyorlari va Minsk bitimini buzishda ayblagan.
Hozirgi bosqichda biz joriy etgan sanksiyalar Rossiya uchun yetarli darajada ogʻriqli sanksiyalardir. Lozim topilsa, bosimlar yana kuchayishi mumkin, - degan Obama.[4]
Britaniya bosh vaziri David Kemeron sammit davomida Rossiya rahbariga Ukraina ishiga aralashmaslik, aks holda, yangi sanksiyalar qoʻllanishi haqidagi fikrlarini ilgari surgan.Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va sammitga mezbonlik qilayotgan Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbottlar ham Rossiyaning Qrimni bosib olganiga norozilik bildirishgan. Ular MH17 reysi boʻyicha uchgan Malaisia Airlines uchogʻining shu yil iyul oyida urib tushirganlar javobgarlikka tortilishi uchun astoydil harakat qilajaklarini bildirishan. Katta yigirmalik sammiti borasidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan Putin esa yigʻinning konstruktiv muhitda oʻtganini taʼkidlagan.[4]