Kontent qismiga oʻtish

Berlin masjidi

Koordinatalari: 52°29′15″N 13°18′42″E / 52.4875°N 13.311667°E / 52.4875; 13.311667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Berlin masjidi
250px|alt=
Temel bilgiler
Koordinatalari {{{koordinatlari}}}
Meʼmor
Xususiyatlari

Berlin masjidi (nemischa: Berliner Moschee , Wilmersdorfer Moschee, Ahmadiyya Moschee) Berlin sxaridagi Berlin-Vilmersdorfdagi Brienner Straße 7-8 koʻchasida joylashgan. Masjid arxitekturasi  K. A. Hermann tomonidan ishlab chiqilgan va 1923—1925-yillarda qurib bitkazilgan. Berlin masjidining 27-metr-tall (90 ft)lik minoralari Ikkinchi jahon urushida katta zarar koʻrgan. Ikki minora 1999—2001-yillaroraligʻida qayta qurilgan.

Poydevor toshini qoʻyish marosimi, 1923-yil

1923-yil 6-avgustda tamal toshi qoʻyilgan[1] va masjid 1925-yil 26-aprelda rasman ochilgan[2].

Berlin masjidining minoralaridan birining aniq koʻrinishi. Yuqoridagi rasmda minora atrofidagi kamarli teshiklar, tepasida gumbazsimon shakl mavjud

Gumbaz boburiylar arxitektura uslubida qurilgan boʻlib, oʻsha davrning ajoyib binolarini oʻziga xos uslublar bilan aks ettirgan. Bunday uslublardan biri meʼmorlarning piyoz gumbazi va pastel ranglardan foydalanishidir[3]. Bu bino Boburiylar imperiyasi qabrlariga oʻxshash tarzda bunyod etilgan. Nafaqat bu koʻrinish, balki binoda koʻrilgan simmetriya ham Toj Mahal shamoyilini oʻzida aks ettiradi. Masjid yonida masjidning diniy rahbari imomning qarorgohi joylashgan boʻlib, mazkur qarorgohi ikki qavatli binodan tashkil topgan[4].

Masjid Lahor Ahmadiya Harakati (Ahmadiyya Anjuman Ishoat-i-Islom Lahor)ga tegishli va asosan ularga xizmat koʻrsatadi.

1900-yillarda masjid qurilishidan oldin Islomning Germaniyada taʼsiri unchalik katta boʻlmagani uchun Berlin masjididan avval Berlindan tashqarida kichik yogʻochdan qurilgan inshoot 1923-yilda vayron qilingan[5]. Oradan koʻp oʻtmay, Germaniyada masjid qurish zarurligini sezgan Lahor Ahmadiya harakati masjidni bunyod etgan. Berlin masjidining baland minoralari Ikkinchi jahon urushida rus askarlarining hujumi tufayli jiddiy shikastlangan. Nafaqat minoralar, balki gumbazga ham ziyon yetgan. Berlin yodgorliklari boʻlimidan binoni tiklash uchun mablagʻ olingach, masjid 1952-yilda qayta ochilgan.

Qishda qorli daraxt shoxlari ortidagi Berlin masjidiga tegishli minoralar tasviri.

Berlin musulmon missiyasi va Berlin masjidi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom markazining rejasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yil fevral oyida hind musulmon siyosiy faoli Pro. Abdul Jabbor Xeri nemis musulmoni doktor Xolid Banning bilan uchrashdi va Berlinda Islom markazi tashkil etish istiqbollarini koʻrib chiqa boshladi. U doktor Xolid Banning bilan bu haqda fiklashar ekan, Pro Abdul Jabbor Xeri Angliyaning Woking shahrida Shoh Jehan masjididagi musulmon missiyasi imomi nomiga nemis ayolidan yozgan maktublarini oladi. Uning akasi Pro. Sattor Xeri maktublarni Woking masjidi imomi Mavlono Mustafoxonga yubordi va u yerdan maktub Lahor Ahmadiya Harakatiga (Ahmadiyya Anjuman Ishoat-i Islom Lahor) yetib keladi. Rejaning maqsadi va ahamiyatliligi Lahor harakati tomonidan koʻrib chiqiladi, oxir-oqibat masjid qurish rejasi qabul qilinadi.

Germaniyada Islom dinini targʻib qilish zarurati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yil may oyida Hindistonda mashhur ingliz gazetasi boʻlgan „Mohammadan“ da „Germaniyada islomni targʻib qilish zarurati“ sarlavhali maqola chop etiladi. Maqola Berlinda yashovchi hind musulmon siyosiy faoli Abdus Sattor Kheri tomonidan yozilgan edi. U va uning ukasi Abdul Jabbor Xerilar aka-uka Kheri nomi bilan tanilgan hamda Germaniyada Islom markazini tashkil etish gʻoyasini ilgari surgan shaxslardir. Ularning ikkalasi ham 1920-yillar boshida Germaniya poytaxtida musulmonlar tashkilotiga rahbarlik qilishda katta rol oʻynagan.

Masjid haqida strukturaviy tafsilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uzunlik 46,5 fut
Kengligi 46,5 fut
gumbaz 75 fut
Ikki minora 90 fut
Ikkalasida ikkita minora

masjidning yon tomonlari

25 fut
  1. Berlin im Jahr 1923
  2. Die Berliner Moschee und Mission der Ahmadiyya-Bewegung zur Verbreitung des Islam (Lahore), S. 12f.
  3. Rizvi, Kishwar. The transnational mosque : architecture and historical memory in the contemporary Middle East, Chapel Hill, 2015. ISBN 978-1-4696-2495-2. OCLC 923254240. 
  4. „Reports of renovation work at the Berlin Mosque“. www.muslim.org. Qaraldi: 9-dekabr 2019-yil.
  5. Jonker, Gerdien (2005-yil noyabr). „The Mevlana Mosque in Berlin-Kreuzberg: An Unsolved Conflict“. Journal of Ethnic and Migration Studies. 31-jild, № 6. 1067–1081-bet. doi:10.1080/13691830500282683. ISSN 1369-183X. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  1. Nath, R. (Ram), 1933- (1982-<2005>). Mugʻal arxitekturasi tarixi . Yangi Dehli: Abhinav.ISBN 0-391-02650-XISBN 0-391-02650-X . OCLC 9944798.
  2. Diniy arxitektura : antropologik istiqbollar . Verkaaik, Oskar,. Amsterdam: Amsterdam universiteti nashriyoti. 2013 yil.ISBN 978-90-485-1834-0ISBN 978-90-485-1834-0 . OCLC 869720783.
  3. Jonker, Gerdien (2019). " Das Moscheearchiv in Berlin-Wilmersdorf: Zwischen muslimischer Moderne und Deutscher Lebensreform ". MIDA arxiv refleksikasida, 1-10-betlar.