Balanjar
Qiyofa
Balanjar – Shimoliy Kavkazdagi oʻrta asr shahri. Shimoliy Dogʻistondagi Suloq daryosi boʻyidagi Andreevo (Enderi, Jdere) qishlogʻi oʻrnida boʻlgan deb taxmin etiladi. Rivoyatga koʻra, Balanjarga afsonaviy Balanjar ibn Yofas asos solgan. Tarixiy manbalar (Yaʼqubiy, IX asr) Balanjarni VI asrdagi voqealar munosabati bilan tilga olganlar. Unga koʻra, Balanjarni sosoniylar qoʻshini bosib olgan. Masʼudiyning yozishicha, Balanjar VIII asr gacha Xazar xoqonliginiit poytaxtlaridan biri boʻlgan. VII – VIII asrlarda Xalifalik qoʻshinlariga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |