Kontent qismiga oʻtish

Baidu ensiklopediyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baidu
Asl nomi xitoycha: 百度百科,
pinyin: Bǎidù Bǎikē
Joriy holati faoliyat yuritmoqda
Tijoratmi ha
Sayt turi onlayn entsoklopediya
Roʻyxatdan oʻtish majburiy
Qaysi tillarda xitoycha
Muassisi Baidu
Muallifi Robin Li
Ochilgan sanasi 20-aprel 2006-yil
Joylashuv Pekin
Mamlakat Xitoy bayrogʻi Xitoy
URL baike.baidu.com

Baidu ensiklopediyasi (xitoycha: 百度百科, pinyin: Bǎidù Bǎikē) — xitoy tilidagi onlayn-ensiklopediya, Baidu qidiruv tizimi tomonidan taʼminlab turiladi. 2006-yil 20-aprelda test rejimida ishga tushirilgach, keyingi uch oy ichida undagi maqolalar soni 90 mingga yetdi va bu koʻrsatkich boʻyicha Xitoycha Vikipediyadan oʻzib ketdi.

Xitoy hukumati talablariga asosan ensiklopediyada siyosiy mavzular senzuralab turiladi[1].

2014-yil aprel oyi statistikasiga koʻra Baidu ensiklopediyasida 7 milliondan ortiq maqola mavjud, roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni esa 4 milliondan ortiq[2].

Loyiha yaratuvchilari ensiklopediyani tenglik, hamkorlik va maʼlumotlarni erkin almashish gʻoyalariga asoslanib tuziladigan ochiq internet-ensiklopediya sifatida ifodalashadi[3].

Maqolalar roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar tomonidan yoziladi va masʼul adminstratorlar taqrizidan oʻtgandan soʻnggina chop etiladi.

Quyidagi turdagi mazmundan iborat maqola va fikrlar oʻchiriladi[4]:

  • pornografiya, zoʻravonlik, daxshatli va qoʻpol mazmun;
  • reklama;
  • siyosiy norozilik;
  • shaxsiy haqorat;
  • madaniyat va axloq qoidalarini buzuvchi mazmun;
  • zararli va spam tarzidagi mazmun.

Oʻsish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Maqolalar soni
5.05.2006 82 788
21.05.2006 142 283
4.08.2006 314 839
13.12.2006 530 636
16.01.2008 1 000 000
8.02.2010 2 000 000
12.01.2011 3 000 000
22.11.2011 4 000 000
13.06.2012 5 000 000
15.03.2013 6 000 000