Kontent qismiga oʻtish

Aksioma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksioma (qadimgi yunoncha: ἀξίωμα – axioma) – oʻz-oʻzidan ravshanligi, ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlangʻich xossalari. Aksiomalar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foydalanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy Aksioma hisoblanadi. Aksiomaga misol sifatida Yevklid geometriyasifat parallellik Aksiomasini keltirish mumkin: „Tekislikda a toʻgʻri chiziqqa tegishli boʻlmagan O nuqta orqali shu toʻgʻri chiziqqa bittadan ortiq parallel toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin emas“. Arximed aksiomasi, Sermelo aksiomasi va boshqa Aksioma atamasi Yunonistonda paydo boʻlgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham Aksiomani atroflicha tekshirishgan[1].

  1. "Aksioma" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil