Kontent qismiga oʻtish

Aberdeen F.C.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aberdeen
Fayl:Aberdeen FC logo.svg
Toʻliq nomi Aberdeen Football Club
Laqabi The Dons, The Dandies, The Reds
Asos solingan 14-aprel, 1903-yil (121 yil avval) (1903-04-14)
Pittodrie Stadium
Sigʻimi Andoza:SPFL-stadiums[1]
Raisi Dave Cormack
Direktori Jimmy Thelin
Liga Andoza:Scottish football updater
Oʻrni Andoza:Scottish football updater
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Aberdeen futbol klubi — Shotlandiyaning Aberdeenshahrida joylashgan professional Shotlandiya futbol klubi. Ular Shotlandiya Premier ligasida qatnashadilar. Jamoa 1905-yilda shoxsupaga koʻtarilganidan beri biron marotaba Shotlandiya futbol ligasi tizimining yuqori divizionidan tushib ketmagan. Aberdeen 4 marta Shotlandiya ligasida gʻalaba qozongan, 7 marta Shotlandiya kubogi va 6 marta Shotlandiya ligasi kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular 1983-yilda Yevropa kubogiga egalik qilishgan. Aberdeen Yevropa superkubogini va Yevropa kubogini ikki marta qo‘lga kiritgan yagona Shotlandiya jamoasidir.

Jamoa 1903-yilda Aberdeenning uchta klubi birlashishi natijasida tashkil etilgan boʻlib, ular urushdan keyingi oʻn yillikda, menejer Dave Hallidey qoʻl ostida Shotlandiya sovrinini qoʻlga kiritgunlariga qadar faxriy unvonlar uchun kurash olib borishgan. Bu muvaffaqiyat darajasi 1980-yillarda Sir Alex Ferguson boshqaruvida ikkita Yevropa kubogi bilan bir qatorda uchta liga chempionligi, toʻrtta Shotlandiya kubogi va Shotlandiya ligasi kubogini qoʻlga kiritgan vaqtida oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Aberdeen F.C. 1984—1985-yillarda Old Firm klubidan keyingi chempionat gʻolibligini qoʻlga kiritgan soʻnggi klub, shuningdek, Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan oxirgi Shotlandiya jamoasi edi. Jamoa ushbu oltin davrdan buyon boshqa muvaffaqiyatga erishmagan. 19 yillik harakatlardan soʻng 2013—2014-yilgi Shotlandiya Ligasi kubogida gʻalaba qozonilgan. 2010-yillarda ligada Celtik jamoasidan keyin bir necha marta ikkinchi oʻrinni egallagan.

Aberdeen F.C. tashkil etilganidan beri Pittodrie stadionida oʻynab kelmoqda. Stadion hududi 20,866 sigʻimga ega va Buyuk Britaniyadagi birinchi toʻliq oʻrindiqli va toʻliq qoplamaga ega stadion edi.

Klubning ranglari 1939-yildan beri asosan qizil va oq ranglar boʻlib, bundan oldin ular qora va oltin vertikal chiziqli kiyimda oʻynashgan[2]. Aberdeen shahri va uning atrofidagi hududlarda asosiy oʻyinlar boʻlib oʻtgan, sababi yaqin atrofda jamoa uchun raqiblar topilmagan. Mahalliy raqibga ega boʻlmagan Aberdeen klubi Dundee United (1980-yillarda New firm nomi bilan tanilgan) va Rangers kabi uzoqroq hududdagi raqiblar bilan raqobat qilgan.

Toʻplamni yetkazib beruvchilar va libos homiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davr Toʻplamni ishlab chiqaruvchi[3] Libos homiysi[3]
1975—1976-yillar Bukta Yoʻq
1976—1979-yillar Admiral
1979—1987-yillar Adidas
1987—1990-yillar Umbro JVC
1990—1993-yillar Abtrust
1993—1994-yillar A-Fab
1994—1996-yillar Northsound radiosi
1996—1997-yillar Living Design
1997—1998-yillar Puma
1998—2001-yillar Atlantic Telecom
2001—2004-yillar Le Coq Sportif A-Fab
2004—2006-yillar Nike ADT
2006—2008-yillar Apex tubulars
2008—2011-yillar Team Recruitment
2011—2014-yillar Adidas
2014—2022-yillar Saltire Energy
2022— TEXO [4]
Photograph of one story facade with red doors
Pittodri stadionining granit jabhasi Merkland Road stendining tashqarisidan koʻrinadi

Aberdeen butun faoliyai davomida Pittodrie stadionida oʻynagan[5]. Stadiondagi birinchi oʻyin 1899-yilda boʻlib oʻtgan va unda Aberdeen F.C. Dumbarton jamoasi ustidan 7-1 hisobida gʻalaba qozongan[6]. 1903-yilda ular ikkita boshqa jamoa bilan birlashganlarida, yangi klub eski Aberdeen maydonini egallab olgan. 1903-yil 15-avgustda 8000 tomoshabin yangi Aberdeenning Stenhousemuirga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinini tomosha qilish uchun yigʻilgan[7]. Klub dastlab yerni ijaraga olgan, lekin keyin uni 1920-yilda sotib olgan[7]. Stadion hozirda 20,866 tomoshabinni oʻzida sigʻdira oladi. 1954-yil 13-mart kuni Shotlandiya kubogi doirasidagi Aberdeen F.C. va Hearts jamoalari o‘rtasida boʻlgan o‘yindagi tomoshabinlar soni 45 061 nafarni tashkil qilgan[6].

Stadion toʻrtta tribunadan iborat: asosiy tribuna, shuningdek, klub ofislari va oʻyinchilar binolari joylashgan. Markland Road oilaviy stendi asosiy tribunaning qarshisida joylashgan va eng koʻp tomoshabinlarni oʻz ichiga olgan janubiy stend bu Richard Donald stendidir, sharqdagi stend esa 1993-yilda qurib bitkazilgan va sobiq rais Dick Donald nomi bilan atalgan[8]. Janubiy stendning toʻrtdan bir qismi sayohatchilarni joylashtirish uchun foydalaniladi[9]. 1978-yilda Pittodrie Britaniyadagi birinchi yopiq, o‘rindiqli stadionga aylangan[10][11].

  • Shotlandiya ligasi[12]
    • G‘olib (4): 1954—1955, 1979—1980, 1983—1984, 1984—1985
    • Ikkinchi oʻrin: 17 marta
  • Shotlandiya kubogi[12]
    • Gʻolib (7): 1946—1947, 1969—1970, 1981—1982, 1982—1983, 1983—1984, 1985—1986, 1989—1990
    • Ikkinchi oʻrin: 9 marta
  • Shotlandiya liga kubogi [12]
    • G‘olib (6): 1955—1956, 1976—1977, 1985—1986, 1989—1990, 1995—1996, 2013—2014
    • Ikkinchi oʻrin: 9 marta

Yevropadagi yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • UEFA kubogi[12]
    • Gʻolib: 1982—1983
  1. „Aberdeen Football Club“. Spfl.co.uk. 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
  2. „Aberdeen“. Historical Football Kits. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „Aberdeen“. Historical Football Kits. 2007-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  4. „TEXO announced as the new official sponsor of AFC“. AFC.co.uk (2022-yil 6-aprel).
  5. Forsyth, Roddy. „Pittodrie built on rotting foundations“. The Daily Telegraph (2005-yil 2-dekabr). 2016-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  6. 6,0 6,1 „History of Pittodrie Stadium“. Scottish Premier League. 2008-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. 7,0 7,1 „AFC Milestones and Records“. Aberdeen Heritage Trust. 2016-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Projects – Richard Donald Stand, Pittodrie“. Stewart Milne Construction. 2006-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „G4S extends security contract with Aberdeen FC“. IFSEC Global (2010-yil 23-avgust). 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  10. „Club Overview – Aberdeen“. Scottish Premier League. 2008-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Inglis, Simon. Football Grounds of Britain, third edition. CollinsWillow, 1996 — 424–426-bet. ISBN 0-00-218426-5. 
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 „Honours“. Aberdeen FC. 2018-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.