Cheboksari
Cheboksari (chuvashcha — Shupashkar) — Rossiya Federatsiyasi Chuvashiya Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti (1925-yildan). Volga daryosining oʻng sohilida, Cheboksar daryosining Volgaga kuyilish joyida. Cheboksari stansiyasi, avtomobil yoʻllari chorrahasi, aeroport bor. Yirik dare porti. Aholisi 500 ming kishi (2024). Ilk bor 1469-yil solnomasida uchraydi. 1555-yildan Rus davlati qalʼasi. Volga boʻyining yirik savdo markazi. 1781-yildan Kozon gubernyasi uyezd markazi. 1920-yildan Chuvashiya muxtor viloyati markazi, 1925-yildan Chuvashiya Muxtor Respublikasi poytaxti, 1992-yildan Chuvashiya Respublikasi poytaxti. Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik (elektrotexnika sanoati, priborsozlik, traktorsozlik va boshqalar), yengil (shu jumladan, ipgazlama kti); shuningdek, oziq-ovqat (sut zdi, goʻsht kti), qurilish materiallari sanoatlari mavjud. Issiqlik elektr styasi bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Chuvashiya universiteti), 5 teatr, 4 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, adabiyot va boshqa muzeylar), filarmoniya, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.
Meʼmoriy yodgorliklardan Troitsa monastiri (16-asr), Vvedeniye sobori (1651), Vozdvijeniye (1702) va Uspeniye (1763) cherkovlari, 17—18-asrlarda qurilgan turar joy binolari saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |