Chalbi choʻli
Chalbi choʻli — Keniyaning shimolida, Efiopiya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan kichik choʻl. Turkana koʻlidan sharqda joylashgan va Shimoliy Horrni oʻz ichiga oladi. Marsabit choʻl hududiga yaqin boʻlgan eng yaqin yirik shahar markazi hisoblanadi.
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gabbra xalqi tilida chalbi „yalangʻoch, shoʻr joy“ degan maʼnoni anglatadi[1].
Joylashuvi va tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chalbi choʻli Marsabit togʻi va Turkana koʻli oʻrtasida joylashgan[1][2]. Maydoni 1000 km 2 dan ortiq, uzunligi 110 km va kengligi 10 dan 20 kmgacha boʻlgan masofani qa, rab oladi[3].
Hudud qadimgi koʻl tubidan hamda, toshli va lavali hududlardan iborat[4]. Qadimgi Chalbi koʻli taxminan 10 000-11 000 yil oldin sayoz koʻl boʻlgan[5]. Lava tepaliklari boshqa tekislik mintaqasida baʼzi balandliklar oʻzgarishiga sabab boʻlgan[6]. Tuproq quruq loy va tuz birikmasidan iborat. Yomgʻir yogʻsa, zamin yumshoq, yopishqoq yuzaga aylanadi[1].
Chalbi choʻli Keniyaning muhim geoziti sifatida tan olingan. Hududda saqlanib qolgan qazilma qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi toʻrtlamchi davr iqlimini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu qazilmalarga Nil perchi kabi suv hayvonlari qoldiqlari misol boʻladi[4]. Bu, shuningdek, mineral eugsteritning maskan hisoblanadi[7].
Iqlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chalbi — yomgʻirli soyali choʻl[3]. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 150 mm ga yaqin, (yoki 350 mm gacha yetishi mumkin[4]) yilning ikki yomgʻirli mavsumi boʻlsa-da, lekin yogʻingarchilik odatda tartibsiz holda yuz beradi va baʼzi yillarda bu hududda deyarli yogʻingarchilik boʻlmaydi[3][4]. Masalan, 1973-yilda yogʻingarchilik miqdori atigi 7 mm ni tashkil etgan[1]. Shu bilan birga, potentsial bugʻlanish 2600 mm dan oshadi[3]. Choʻl chetida koʻplab buloqlar[8] boʻlib, ular suv va oʻt-oʻlan vohalarini yaratadi[9].
Vaqti-vaqti bilan yomgʻir kuchli jala shaklida yogʻadi va suv qattiq choʻl yuzasi va yer usti chuqurliklaridagi hovuzlar orqali oqadi. Favqulodda yogʻingarchilik yillarida bir necha oy davomida qurimaydigan vaqtinchalik koʻllar hosil boʻladi[1]. Bunday holat 1978-yilda sodir boʻldi, vaqtinchalik koʻl 50 sm chuqurlikka ega boʻlib, suvda suzuvchi qushlar undan foydalanishi uchun yetarlicha vaqt davomida oʻz holatini saqlab, qurimay turdi[1].
Chalbi choʻlida kuchli shamollar tez-tez boʻlib turadi. Aslida, bu hudud dunyodagi eng kuchli va barqaror shamol tizimlariga ega. Hudud yiliga 50 kundan ortiq shamol tezligini soatiga 50 kilometrdan ortiq boʻlgan holatiga duch keladi[10]. Qum boʻronlari mintaqaning oʻziga xos xususiyati hisoblanadi.
Hayvonot dunyosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mintaqada quyidagi oʻtxoʻr hayvonlarni uchratish mumkin: oriks, Afrika fili, Somali tuyaqushi, Grevi zebrasi va toʻrsimon jirafa[1][4]. Ilgari bu hududda qora karkidon yashagan, biroq ularni ovlab, yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi boʻlishgan[4]. Yirik yirtqichlar gildiyasidan, mintaqada faqatgina afrikalik sherlar yashaydi[4].
Oʻsimlik dunyosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuqori shoʻrlanish sababli choʻl hududida oʻsimliklar turi juda kam. Chalbi choʻlining koʻp qismi taqir va giyohsiz hududlardan tashkil topgan[1]. Oʻsimliklar oʻsadigan joylar odatda mavsumiy yogʻingarchiliklardan keyin irmoq oqimlari yaqinida hosil boʻladi. Salvadora persica, Acacia tortilis va Cordia sinensis Chalbining drenaj tizimi atrofidagi hududlarda oʻsishi mumkin[8][4], lekin choʻlda oʻsadigan oʻsimliklarning aksariyati bir yillik oʻsimliklardir. Bunday oʻsimliklardan biri Drakebrockmania somalensis hisoblanadi[8]. Koʻp yogʻingarchilik yillarida bu hududlarni Aristida adscensionis va A.mutabilis kabi oʻtlar bilan qoplanganligini koʻrish mumkin[4]. Baʼzi oʻsimliklar oʻsadigan yana bir mintaqa — sobiq koʻl tubi hisoblanadi. U yerdan Lagenantha nogalensis oʻsimligini topish mumkin. Shuningdek, choʻlning chekkalarida Dasysphaera prostrata yoki Hyphaene coriacea kabi oʻsimliklarni uchrab turadi[8].
Yashash maskanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gabbra chorvadorlari Keniyaning bu hududida istiqomat qiladilar[1]. Bu koʻchmanchi xalq qadimdan echki va qoramol, tuya boqishadi[1][6]. Mintaqada Rendil[4], Dasanech yoki Turkana kabi bir qancha boshqa chorvador qabilalari ham yashab kelmoqda[6].
Texnologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afrikadagi eng yirik shamol stansiyasi choʻlning gʻarbiy chekkasida joylashgan. Afsuski, shamol elektr stantsiyasidan keladigan foyda mahalliy jamoalarga yetib bormaydi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Nyamweru, Celia. "From Lake to Desert: The Chalbi Basin". Kenya Past and Present: 32–36.
- ↑ „Chalbi Desert, Kenya - Geographical Names, map, geographic coordinates“. geographic.org. Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Nyamweru, C. K.; Bowman, D. (1989). "Climatic changes in the Chalbi Desert, North Kenya". Journal of Quaternary Science 4 (2): 131–139. doi:10.1002/jqs.3390040204. ISSN 0267-8179. http://dx.doi.org/10.1002/jqs.3390040204.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 Dan, Michelle E.; Olaka, Lydia A.; Mamo, Mamo Boru; Chalo, Duncan Mutiso; Cuni-Sanchez, Aida (April 2021). "Desert landscape services: Insights from pastoralist communities in northern Kenya". Ecosystem Services 48: 101243. doi:10.1016/j.ecoser.2021.101243. ISSN 2212-0416. http://dx.doi.org/10.1016/j.ecoser.2021.101243.
- ↑ Abell, Paul I.; Nyamweru, Celia K. (June 1988). "Paleoenvironments in the Chalbi Basin of Kenya". Chemical Geology: Isotope Geoscience Section 72 (4): 283–291. doi:10.1016/0168-9622(88)90041-3. ISSN 0168-9622. http://dx.doi.org/10.1016/0168-9622(88)90041-3.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 IMAI, Ichiro (March 1982), „Small Stock Management and the Goat Naming System of the Pastoral Gabra“, African Study Monographs. Supplementary Issue (inglizcha), The Research Committee for African Area Studies, Kyoto University, 1, doi:10.14989/68306, qaraldi: 2022-05-15
- ↑ Vergouwen, Lideke (1981). "Eugsterite, a new salt mineral.". American Mineralogist 66: 632–636.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 White, F. (1983). Vegetation Map of Africa. The Vegetation of Africa: A Descriptive Memoir to Accompany the Unesco/AETFAT/UNSO Vegetation map of Africa..
- ↑ Galaty, John (2021-06-28), „Pastoralism in Eastern Africa“, Oxford Research Encyclopedia of African History, Oxford University Press, doi:10.1093/acrefore/9780190277734.013.1046, ISBN 978-0-19-027773-4, qaraldi: 2022-05-15
- ↑ M., Bell, E.. Life at extremes: environments, organisms and strategies for survival.. CABI, 2012. ISBN 978-1-84593-814-7. OCLC 1086937988.