Stanisław Albinowski
Stanisław Jozef Albinowski (1923-yil 20-iyul, Lvov – 2005-yil 25-yanvar, Varshava) — polshalik iqtisodchi, sharhlovchi va iqtisod boʻyicha jurnalist[1].
U Polshaning Lvov shahrida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida u fashistlar tomonidan bosib olingan Polsha (1940—1943) va Litvada (Klaypeda, 1944) nemis kompaniyalarida majburiy ishchi boʻlib ishlagan
1960-yilda Varshava universitetining (Wydzial Ekonomii Politycznej Uniwersystetu Warszawskiego) siyosiy iqtisod fakultetini iqtisod mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan.
U 1952—1980-yillarda koʻplab Polsha gazetalarida jurnalist, Germaniyaning Bonn shahrida (1968—1972) muxbir boʻlib faoliyatini davom ettirgan.
Hukumat mutaxassisi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanisław Albinowski, shuningdek, 1980-yillarda Polshadagi iqtisodiy inqiroz bilan qanday kurashish boʻyicha hisobotlar ustida ishlaydigan hukumat ekspertlar guruhi tarkibida edi va ularni hisobotlari nashrida ham ishtirok etdi: Iqtisodiyot toʻgʻrisidagi hisobot (Raport o stanie gospodarki) va Inqirozni bartaraf etish dasturi, (Program przezwyciężenia kryzysu) (1981-yil) shular jumlasidandir
Nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gazeta va jurnallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]U faoliyati davomida Polshaning eng yirik gazeta va jurnallarida sharhlovchi va jurnalist boʻlgan, jumladan:
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- EWG a rynek światowy, 1965 (EEC va jahon bozori, polyak tilida nashr etilgan, ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan)
- Handel między krajami o różnych ustrojach. Po II wojnie światowej va prognozi 1980 r. , 1968 (Turli konstitutsiyalarga ega mamlakatlar oʻrtasidagi savdo. Ikkinchi jahon urushidan keyin va 1980-yilgacha boʻlgan prognozlar)
- Muellerowie na codzień, 1979 (Myullerlar kundalik hayotda)
- Signal dla gospodarki trwa, 1982 (Iqtisodiyot uchun signal)
- Navigatorzy gospodarki i inne polemiki, 1987 (Iqtisodiyot va boshqa polemikalarning navigatorlari)
- Pułapka energetyczna gospodarki polskiej, 1988 (Polsha iqtisodiyotining energetik tuzogʻi)
- Bogactwo i nędza narodów, Dom Wydawniczy Elipsa, Varshava 1996 (Xalqlarning boyligi va qashshoqligi)
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1967-yil va 1974-yillarda Nagroda Klubu Publicystów Międzynarodowych SDP (Polsha Jurnalistlar Uyushmasi Xalqaro Kolumnistlar Klubi mukofoti)
- 1974-yil — Nagroda Prezesa RSW Prasa-Książka-Ruch (Ruch Prezidenti Prasa-Ksiazka-Ruch mukofoti /Polsha matbuot noshirlari va distribyutorlari)
- 1974-yil — I Nagroda Klubu Publicystów Ekonomicznych SDP (Polsha Jurnalistlari Assotsiatsiyasi Iqtisodiy kolumnistlar klubining 1-mukofoti)
- Krzyż Oficerski OOP
- Zloty Krzyż Zaslugi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yodfat, Aryeh. In the direction of the Persian Gulf: the Soviet Union and the Persian Gulf. Psychology Press, 1977 — 6-bet. ISBN 0-7146-3071-3.