Kontent qismiga oʻtish

Rafah lageri

Koordinatalari: 31°16′59″N 34°15′12″E / 31.28306°N 34.25333°E / 31.28306; 34.25333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rafah
Skyline of Rafah
31°16′59″N 34°15′12″E / 31.28306°N 34.25333°E / 31.28306; 34.25333
Mamlakat Falastin
Gubernatorlik Rafah gubernatorligi
Aholisi
 (2017)
36 550
Zichligi auto kishi/km2
Rafah xaritada
Rafah
Rafah

Rafah lageri (arabcha: مخيم رفح yoki معسكر رفح) Gʻazo sektoridagi sakkizta falastin qochoqlar lagerlaridan biri. U Rafah gubernatorligida Gʻazo-Misr chegarasida joylashgan[1]. U 1949-yilda tashkil etilgan va hozirda Rafah shahrining bir qismini tashkil etadi. Tashkil etilgan davrda u Gʻazo sektoridagi eng yirik qochqinlar lageri edi; ammo Kanada lageridan repatriatsiya qilingan qochoqlarni qabul qilish uchun tashkil etilgan Rafah lagerining davomi boʻlgan Tall as-Sulton lageriga koʻchib oʻtganligi sababli uning aholisi kamaygan.

UNRWA maʼlumotlariga koʻra, lagerda 99 000 aholi istiqomat qiladi[2]. Bu raqam (PCBS aholini roʻyxatga olish maʼlumotlaridan farqli oʻlaroq) Tall as-Sultonni ham oʻz ichiga oladi. Falastin Markaziy Statistika Byurosining 2017-yilgi aholi roʻyxatga olish holatiga koʻra, lagerda 36 550 kishi istiqomat qilgan. Lager Falastindagi ikkinchi yirik qochqinlar lageridir. UNRWA tomonidan 31 ta maktab (20 ta boshlangʻich, 11 ta oʻrta) ochilgan[2].

  1. OCHA map (Wayback Machine saytida 2009-02-19 sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 UNRWA Rafah refugee camp profile UNRWA does not make a distinction between Rafah Camp & Tall as-Sultan