Kontent qismiga oʻtish

zumrad

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

zum-rad

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

\f. xoʻ-a'j < yun. smaragdos — sab-zarang tosh] 1 Oliy sifatli, och yashil tus-li qimmatbaho tosh. ◆ Koʻrdingmi? Bu nima? Mana bu — dur, mana bu — marvarid. Mana bu yongan — gavhar. Qolganlari — har xil toshlar, yoqut, zumrad [dedi Mirzakarimboy ].

Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Qozikalon san-diqlarni ochib koʻrsatdi: baʼzisida olmos, yoqut, aqiq, zumrad va marvarid, baʼzisida oltin va kumushdan yasalgan, qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangan idish-oyoqlar, baʼzilarida zeb-ziynatlar toʻla edi. S. Ayniy, „Doxunda“ .

2 koʻchma sft. Och yashil, sabzarang. ◆ Moldaviya dalalarining zumrad rangi bizning lalmikor bugʻdoyzorlarimizni eslatadi. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Voh, yuragim oʻynar-di kumush jilgʻalarning zumrad labida. Sh. Raqmon, „Yurak qirralari“ . ◆ Ariq boʻyida qalin yosh tol, oʻrtasida yogʻoch soʻri. Uning tagidan shovullab oqib turadigan zumrad suvdan doim bir xilda salqin shabada esadi. I. Rahim, „Ixlos“ .

3 Zumrad (xotin-qizlar ismi).

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЗУМРАД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

zumrad
1
изумруд; // изумрудный; ◆ zumrad koʻzli uzuk кольцо с изумрудом; ◆ zumrad yashil tus изумрудно-зелёный цвет;
2 Зумрад (имя собств. женское).