tish
tish I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tish
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]TISH ' chaynash uchun xizmat qiladigan suyaksimon aʼzo'. Juvon yelkasi osha Sidiqjonga qarab, oppoq, marjondek tizilgan tishlarini yarqiratib iljaydi (Abdulla Qaqqor) . Qadimgi turkiy tilda qam shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli tï:sh tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, III, 243), oʻsha davrlardayoq ï: unlisining choʻziqlik belgisi (Devon, III, 138; DS, 563), Oʻzbek tilida esa qattiqlik belgisi yoʻqolgan: tï:sh > tïsh > tish.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 anat. Ovqat yeyish, tishlash, chaynash, tutib turish uchun xizmat qiladi-gan aʼzo. ◆ Kurak tish. Oziq tish. Fil tishi. Tilla tish. Tish choʻtkasi. Tish pastasi. Tish doktori. Tish tozalamoq. Tish qoʻymoq, Tishni sugʻurmoq (olmoq). m ◆ Juvon yelkasi osha Si-diqjonga qarab, oppoq, marjondek tizil-gan tishlarini yarqiratib iljaydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
- Tish yormoq 1) tishi koʻrina boshlamoq, chiqa boshlamoq (yosh bola, goʻdak haqida); 2) gap bilan bildirmoq, ogʻiz ochmoq; aytmoq. ◆ Bu toʻgʻrida qoʻshnimizga tish yorgan edim, u: -Bitta-yarimtasining tomogʻini moyla-mabsiz-da, — dedi. "Mushtum" . ◆ Taransevning allaqayoqqa bosh olib ketganidan xabardor boʻlsa ham, birovga tish yormadi. "Mushtum" . Tishi chiqmoq Maʼlum soʻz yoki soʻz birikmasi bilan birikib, soʻz (soʻz birikmasi) bil-dirgan ish-faoliyat, sohada ulgʻayganlikni, tanilganlikni bildiradi. ◆ ..kechagina shinel kiygan Chernetsov, harbiyda tishi chiqib, har-biyda balogʻatga yetgan kapitanga taktika-dan dare bermoqchi, deboʻyladi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Olgʻirlik bilan tishim chiqdi, behuda gaplar bilan tilim burro boʻldi. "Mushtum" . Tishi oʻtmoq Mohiyatiga tushun-moq, aqdi yetmoq, hal eta bilmoq. ◆ Gazeta yoki kitob oʻqiganida, ayniqsa, texnikaga oid broshyuralarni oʻqiganida, baʼzilariga tu-shunmayapti, oʻzining taʼbiri bilan aytgan-da, tishi oʻtmay qolyapti. R. Rahmonov, „Tinib-tinchimas“ . Tishida (yoki tishining ka-vagida yoxud orasida) saqlamoq Nihoyatda ehtiyotlik bilan (kimsaga bildirmay, koʻr-satmay) saqdamoq. ◆ Lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni. Oybek, „O“ .v. shabadalar. ◆ Ma, ol. Biror kuningga yarab qolar, tishimning orasida saqlab yurgandim. "Mushtum" . ◆ Afandining tish kavagida asrab yurgan yuz tanga puli bor edi. "Latifalar" . Ti-shini tishiga qoʻymoq Bor kuch-imkoniyat bilan oʻzini tutmoq, chidagan holda tutmoq. ◆ Nojoʻya gaplarni boshingizdan chiqarib tash-lang, akasi jonidan, unaqa vaqtlar oʻtib ketgan, tishni tishga qoʻying-da, dam boʻling, bosti-bosti qilib yuboramiz. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . ◆ Tagʻin ham farzand ekan. Ti-shimni tishimga qoʻyib kuzatdim. "Mushtum" . Tishini qayramoq Tayyorlanmoq, biror narsa uchun oʻzini chogʻlab turmoq. ◆ Yoʻlchi tishini qayrab, boyvachchaning koʻkragiga bir musht tushirdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Tishing-ni qayrab tur, uka, sal qoʻl boʻshasin, katta toʻy qilib beraman. Oybek, „O“ .v. shabadalar. Tishining oqini koʻrsatmoq (Tishini koʻr-satib) irjaymoq, ishshaymoq, tirjaymoq. ◆ Shunday tabarruk odamga qaysi betim bilan tishimning oqini koʻrsataman? M. Ismoiliy, „Fargona t“ . o. Tish-tirnogʻi bilan Qati-yat bilan, butun imkon bilan. ◆ Tish-tirno-gʻim bilan shu yerda, shu bolalarning sevgan oʻqituvchisi boʻlib qolishga tirishaman. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
</a>119 Pa
2 Qurol, asbob, mashina qismlari va shu kabilarning (tishga oʻxshash) oʻtkir, uchli qismi. ◆ Arraning tishi. Qirgʻichning tishi. Taroqning tiishari. Omochning tishi, yash Avvalgi yil-larda ham traktor ishlardi, bolalar tush-magur tishini sayoz botirishardi, hozir unaqasi yoʻq. S. Mahkamov, „Kagga rulda“ . ◆ Tosh omochning tishi shakliga kirganda, polvon koʻrib maʼqulladi.. A. Qahhor, „Koʻr koʻzning ochilishi“ . ◆ Ammo chigʻiriq oʻqining tishi chi-gitni chaynagan choqda ishchilarning aylan-tirishga kuchi yetmas va quloqni chappa ay-lantirib, qaytadan oldin bosishga majbur boʻlar edilar. S. Ayniy, „Qullar“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]tish II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tish
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]s. t. Tash, sirt, tashqari. ◆ Mal olasi tishida, odam olasi ichida. Maqol . n ◆ Oʻzi tishdan yaltirab koʻrinsa ham, ichki jihatdan surbet bir kimsaga oʻxshab qoldi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТИШ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Ot
[tahrirlash]tish (koʻplik tishlar)
|
|
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
tish I
1 зуб; // зубной; ◆ kurak tish резец; ◆ oziq tish коренной зуб; ◆ qoziq tish клык; ◆ oʻgʻri tish лишний (двойной) зуб; ◆ tish kavlagich зубочистка; ◆ tish doktori зубной врач; ◆ tish poroshogi зубной порошок; ◆ tish choʻtkasi зубная щётка; ◆ bolaning tishlari chiqib qolibdi у ребёнка прорезались зубы;◆ tish sugʻurmoq (или olmoq) выдёргивать (кому-л.) зуб; ◆ tish sugʻurtirmoq (или oldirmoq) рвать зуб (у врача);◆ tish qoʻymoq (или solmoq) вставлять (кому-л.) зуб, зубы; ◆ tish qoʻydirmoq (или soldirmoq) вставлять (у врача) зуб, зубы; ◆ tishini gʻijirlatmoq скрежетать зубами, скрипеть зубами; ◆ tish gʻijirlatish зубовный скрежет;
2 спец. зуб, зубец (инструмента, машины и т. п.); ◆ arra tishlari зубья пилы; ◆ borona tishlari зубья бороны; ◆ omoch tishi сошник (сохи местного образца); ◆ taroq tishlari зубья гребёнки;
3 лемех; ◆
- tish-tirnogʻi bilan qarshi turmoq противиться всеми силами, оказывать яростное сопротивление; ◆ tish-tirnogʻigacha qurollangan вооружённый до зубов; ◆ tishni tishga qoʻymoq терпеть, переносить; крепиться; ◆ birovga qarshi tish qayramoq точить зубы на кого-либо; ◆ bunga tishi oʻtmaydi это ему не по зубам; ◆ tish kavagida asramoq старательно беречь (что-л.); ◆ Afandining tish kavagida asrab yurgan yuz tanga puli bor edi («Афанди») У Афанди было сто серебряных монет, которые он старательно берёг; ◆ tishda tishi chikkan (букв. у него зубы прорезались на чем-л.) он собаку съел (на чем-л.).
tish II
= tash.