ibo
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]i-bo
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash][ arab. –qarshilik, koʻnmaslik; gʻurur, magʻrurlik, takabburlik ]
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Andisha, sharm-hayo bilan tortinish, shunday his-sezgi, uyalish. ◆ Dilora kulib, charaqlab qaytib kelganda, Gʻulomjon har qanday iboga parvo qilmay, boʻlasi yoniga bordi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Kravsova bu "shaloq" yigitning bunchalik ibo bilan qilayotgan harakatidan kulgisi qistadi. Shuhrat, „Shinelli yillar.“
- Ibo qilmoq. Ibo hissi bilan tortinmoq, uyalmoq; tiyilmoq. ◆ Anvar mehmonxonaga kirib keluvchi Sultonalidan ham ibo qilmay.. sandal ustiga engashdi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon.“ ◆ Tohir chang bosgan chorigʻi bilan koʻrpachaga chiqishdan ibo qildi-yu, poygahdagi sholcha ustiga oʻtirdi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar.“
2 Oʻzini, nafsini tiyish, sabru qanoat.
3 Ibo (xotin-qizlar ismi).
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ИБО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
ibo
1 стыд, стеснение; смущение; ◆ ~ qilmoq 1) стесняться, смущаться, чувствовать неловкость; 2) воздерживаться; ◆ ~ qilmasdan не стесняясь, беззастенчиво, развязно;
2 воздержание, воздержанность;
3 Ибо (имя собственное женское).