hissa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]his-sa
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash][a. — boʻlak, qism; ulush; foydaning bir qismi)
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Maʼlum maqsad bilan boʻlingan, qismlarga ajratilgan narsaning har bir boʻlagi, qismi; qism, boʻlak. ◆ Hosilning toʻrtdan uch hissasi. yat Keyin loyqa suvda baliq tutib, oʻziga katta hissani qoʻporadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
2 Muayyan shaxs yoki narsaning haq-hu-quqi, imkoni; tan, chek. ◆ Majdiddin.. oʻz hissasiga tushgan tumashxarni sanab chiqdi. Oybek, „Navoiy“ .
3 ayn. ulush 1. ◆ Oʻz hissasini ortigʻi bilan oldi. n ◆ Ilgariga, hech boʻlmasa, har kimga oʻz hissasi tushadi, degan umid bor edi. Endi uch xotinga bir hovuchdan yer, qol-gan hammasi Zebixonga.. Choʻlpon, „Kecha va kunduz“ . ◆ ..Madrasa vaqfidan kutubxonador uchun ham hissa tayin qshxganlar. S. Ayniy, „Esdaliklar“ .
4 Biror narsa, umumiy ish va shu kabilarni tashkil etuvchi qism; unga qoʻshiladigan qism; ulush. ◆ Bu ishda mening ham munosib hissam bor. n ◆ Islom madaniyatini rivoj-lantirishga katta hissa qoʻshgan muhta-ram zopgarning nomlari butun olamga mash-hur. Gazetadan . ◆ Ushbu nashrga Lutfiyning oʻzbek klassik sheʼriyati taraqqiyotiga zalvorli hissa boʻlib qoʻshilgan ajoyib sheʼ-riy merosidan namunalar kiritildi. Gazetadan .
5 esk. Biror tashkilot yoki toʻdaga qoʻshilish, sherik boʻlish yoki aʼzo boʻlish uchun kirish haqi sifatida toʻlanadigan haq, pay.
6 Marta, barobar. ◆ Uch hissa ortiq. Da-romad oʻtgan yilgiga nisbatan ikki hissa koʻpaydi. m ◆ Burnogʻi yili.. sanoat korxo-nalari ikki yarim hissa mahsulot yetkazib berdi. Gazetadan . ◆ ..shunday voqealar sodir boʻldiki, bular dahshatli afsonadan ming hissa yomonroq boʻlib, ularni daf qilishga soʻfilarning azoni ham kor qilmay qoldi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
- Qissadan hissa q. qissa 3. Hissasini chiqarmoq Yoʻl qoʻyilgan xato-kamchilik, yoʻqotilgan narsa, imkoniyat va shu kabilarning oʻrnini toʻldirmoq, uni qoplaydigan, oʻr-nini bosadigan ish qilmoq. ◆ -Kun shunday isib tursa, iyulda moʻljalga yetib olish mumkin. Kuz ham bahorning hissasini chi-qarmay iloji yoʻq edi, — dedi Xolmirza. I. Rahim, Hilola. ◆ Sidiqjon, xuddi kech kelganimning hissasini chiqaraman degan-day, darrov ishga tushdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҲИССА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
hissa
1 доля, часть; ◆ har kim oʻz ~sini olsin пусть каждый получит свою долю; ◆ hosilning toʻrtdan uch ~si три четверти урожая;
2 пай;
3 перен. вклад; ◆ katta ~ 1) большая часть, львиная доля; 2) большой пай; 3) перен. большой (огромный) вклад; ◆ ~ qoʻshmoq 1) вкладывать пай (во что-л.); 2) прям. и перен. вносить вклад; ◆ tinchlik ishiga qoʻshilgan ~ вклад в дело мира; ◆ ilm-fanga qimmatli ~ i qoʻshmoq сделать ценный вклад в науку;
4 раз; ◆ uch ~ koʻp в три раза больше; ◆ normani ikki-uch ~ oshirib bajarmoq в два-три раза перевыполнить норму; ◆ yuz ~ yaxshi в стораз лучше; ◆ ikki ~dan koʻproq более чем вдвое; ◆
- qissadan ~ см. ◆ qissa; ~si chiqdi 1) наступила расплата (за что-л.); пришлось поплатиться (за что-л.); 2) появились плоды (чего-л.); ◆ ~sini chiqarmoq возмещать, восполнять; ◆ Sidiqjon, xuddi kech qolganligining ~sini chiqaraman deganday, darrov ishga tushdi (А. Ќаћћор, „Ќўшчинор“) Сыдыкджан, словно решив возместить своё опоздание, быстро принялся за работу.