Kontent qismiga oʻtish

bosmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bos-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

BOS- ’ogʻirlik yoki kuch bilan siq-’. Qoʻngʻiroh tugmasini b o s i sh i m b i l a n eshik darhol ochildi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday va shu kabi maʼnolarni anglatgan bu feʼl asli ba:ye- tarzida ta — laffuz qilingan (ЭСТЯ, II, 74); keyinroq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 369; DS, 85); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: ba:s- > bas- > bâs-
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ustiga oyoq qoʻymoq.◆  Bemahal yurgan goʻng bosar. Maqol.◆  Qurbaqani bossang, vaqirlaydi. Maqol.◆  Ot bosgan yerni toy bosadi. Maqol. hi◆  Koʻrmayin bosdim tikanni, Tortadirman jabrini. "Oq olma, qizil olma".◆  Muhiddin asfalt yuzidagi oq muz doHajiapuHU bosib, telefon stansiyasi tomon trib ketdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi. ◆ Zulayho yalang oyoqlari bilan poyani chip-chip bosib, uning tepasiga keldi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

2 Ustidan yurib, oʻtib ezmoq, shikast-lamoq yoki oʻldirmoq◆  Bu qanday maynabozlik! Bosib-yanchib oʻtabermaysanmi? Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Mashina olganiga ikki oy boʻlgan boʻlsa, shu ikki oy ichida naq beshta tovuq, yettita mushuk bosdi. S. Ahmad, Togʻ-larda.◆  Mansur kuz chechaklarini bosib bo-rarkan, tagʻin Gavharni oʻyladi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

3 Qoʻl bilan ushlab turmoq, ezgʻilamoq, boʻgʻmoq.◆  Chap qoʻlim bilan qattiq bosib turdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik.◆  Polvon uni bir tepib, yerga agʻanatdi-yu, boʻgʻzidan bosib turaverdi. S. Siyoyev, Avaz.◆  Engashibroq ikki qoʻllab Sheralining toʻpiqlari atrofini bosib tur<)i. S. Karomatov, Oltin qum.◆  Tabib darrov koʻzini yumib, barmogʻi bilan bosdi. A. Qahhor, Asarlar.

Yelkasidan bosmoq 1) toʻxtatmoq, tinch-lantirmoq.◆  Hamma oʻrnidan turdi. Asqar ota ham turmoqchi boʻlgan edi, oqsoqol yetib kelib, yelkasidan bosdi. A. Qahhor, Asarlar; 2) ogʻirlik qilmoq, zoʻr kelmoq.◆  Bu ogʻir yuk uning yelkasidan bosdi. U uy ostonasini hatlab ichkari kira olmadi. N. Safarov, Olovli izlar. Mola bosmoq ayn. molalamoq. ◆ Uning oʻrniga Mamajon dalaga borar, mola bosar, xirmonda maydachilik qilardi. S. Nurov, Narvoy. Oyogʻini bosmoq koʻchma Xa-laqit bermoq, qarshi chiqmoq.◆  -Shart shu: maktabda mening oyogʻimni bosadigan hech kim boʻlmasligi kerak. Avj olganini chekanka qshshb, kemtib turaman, — dedi oʻzicha Mir-salim. Shuhrat, Oltin zanglamas.

4 Kuch bilan itarmoq, siqmoq.◆  Tugmani (tugmachani) bosmoq. Qoʻngʻiroqni bosmoq. m Sulaymonov trubkani qoʻyib, tantanali ravishda knopkani bosdi. A. Qahhor, Asarlar. ◆ Kabir Otaqulovich ikki tavaqali koʻk eshik chekkasidagi tugmachani bosdi. U. Usmonov, Sirli sohil.◆  Ahmad odati boʻyicha qoʻngʻiroqni uch marta ketma-ket bosdi. F. Musajonov, Himmat.◆  Jahl bilan duch kelgan tarafga qarab tepkini bosdi. S. Ahmad, Ufq.

5 Kuch bilan siqib, iz tushirmoq, qol-dirmoq.◆  Muhr bosmoq. Tamgʻa bosmoq. Chitga gul bosmoq. n Avvaliga pochta muhr bosishni unutgandir, dedik. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

</a>Barmoq bosmoq q. barmoq 1.

6 Tiramoq, siqib itarmoq.◆  Ziyodulla tomogʻi qirshtb, quruq yoʻtaldi, koʻkragini stolga bosib, oʻyga toldi. H. Gʻulom, Mashʼal. ◆ Uzoq qish kunlari davomida oppoq siynasini yerga bosib yotgan qor bahor quyoshining iliq taftiga dosh bera olmay singib ketdi. Gazetadan.

7 Zarb bilan urib yasamoq, zarb qilmoq. ◆ Tanga, chaqa bosmoq.

8 fiz. Oʻz ogʻirligi yoki elastik kuchi bilan taʼsir qilmoq, siqmoq.◆  Suyuqliklar har tomonga baravar kuch bshshn bosadi.

9 Maʼlum bir narsani boshqa bor narsa ustiga qoʻymoq, tegizmoq; toʻsmoq.◆  Nazirqul uning yelkasini ishqadi, latta hoʻllab, pe-shonasiga bosdi. S. Ahmad, Hukm.◆  Qizning qoʻllariga asta qoʻlimni bosdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik.◆  Rustamjon Mehrixonning yumshoq qoʻllarini, binafshalarni yuziga bosdi. "Saodat".◆  Kam pir doka roʻmolining uchini labiga bosib, yerga qaradi. A. Qahhor, Asarlar.◆  Xawa xola boʻlsa, bir chekkada gung boʻlib, roʻmolining uchini ogʻziga bosib turibdi, bir akamning aftiga, bir oyoqlariga qaraydi. M. Mansurov, Yombi.

Lab bosmoq Oʻpmoq, boʻsa olmoq.◆  Shah-zodani shart bagʻriga tortib, chanqagan lab-larini "mana, meni oʻp" deb turgan gʻuncha lablariga qattiq bosdi. K. Yashin, Hamza.◆  Bu kun suratingga soʻzsiz bosdim lab, Shu senmi, yolgʻizim, shu senmi, ona.. A. Oripov. Tishini tishi ga bosmoq q. tish 1.

10 Chop qilmoq, nashr etmoq.◆  Kitob bosmoq. Matnni mashinkada bosib koʻpay-tirmoq. Suratini bosib chiqarmoq. m -Bu yerda oʻtgan mojaroni Qumrixonga aytib bering, hikoya qshshb yozsin, albatta, bosib chiqaramiz, — dedi. A. Qahhor, Bek.◆  Shundan keyingina gazetalarda podsho taxtidan tushganligi xabarini bosib chiqarishga "rux-sat tegdi". K. Yashin, Hamza.

11 Koʻp miqdorda ustma-ust qoʻymoq, taxlamoq, zichlab yigʻib qoʻymoq, zichlab joylamoq yoki ortmoq.◆  Qanorga un bosmoq. Aravaga beda bosmoq. mm Bizning Qalandarboy kuzda kambagʻallarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qoʻyadi. M.

Ismoiliy, Fargʻona t.o.◆  Haydar ota qarasa, shu yalanglikka yantoq bosib qoʻyishibdi. A. Qahhor, Asarlar.◆  Uy egasi oshga sabzi bosib, Otabek yoniga keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

12 Toʻshamoq, yotqizmoq; toʻsmoq, ber-kitmoq.◆  Yoʻlga shox bosmoq. a Suvni uch-toʻrt chaqirim yuqoridan ikki yogʻiga chim bosib, koʻtarib kelish lozim boʻladi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆  Shartta fufaykamni yechdim-u, oʻpiri.1gan joyga bosdim. E. Raimov, Ajab qishloq.

13 Qoʻymoq, surtmoq, tortmoq.◆  Bu kim boʻldi? ..Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay koʻzi surma bosganday qora. Hamza, Boy ila xizmatchi.◆  Bir vaqt qarasam, surma bosgan koʻzlari gʻamgin boʻlib qoldi. S. Ahmad, Hukm.

14 Ilgari surilmoq, ilgarilab bormoq, yurmoq.◆  Yoʻlchi oldingi qatordagi erkak va ayollar bilan birga hayqirib, yana mahkama sari bosib bordi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Bosib oʻtmoq 1) maʼlum masofa yoʻl yurmoq.◆  Maston necha kilometr yoʻl bosib oʻtga-nini va yana necha kilometr bosish kerak -ligini bilar edi. A. Qahhor, Asarlar; 2) ke-sib oʻtmoq, ustidan yoki yonidan oʻtib ketmoq. ◆ Biz Toshkentni bosib oʻtdik. n Sultonali mirzo Solih maxdum koʻchasini bosib, toʻgʻriga oʻtdi, oʻn qadamcha yuribtoʻxtadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.◆  ..kassigxonani bosib oʻtol-madim: kirib, tanish hamshiradan soʻrasam, Mastura bir soatdan keyin operatsiyaga yotarkan. A. Qahhor, Asarlar; 3) koʻchma yengib oʻtmoq, yengmoq, orqada qoldirmoq.◆  Nafis soddalikka erishish uchun yozuvchshar mashaq-qatli va uzoq yoʻl bosib oʻtadilar. F. Musajonov, Himmat.◆  U yoʻlida uchragan har qa-naqa gʻovni bosib-yanchib oʻtishga, doimo gʻolib chiqishga oʻrgangan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol; 4) boshdan kechirmoq.◆  Dom-lani ng bosib oʻtgan qaynoq umr yoʻli, sama-rali ish faoliyati universitet hayoti bilan chambarchas bogʻlangan. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi. Yoʻl bosmoq q. yoʻl. Olgʻa (yoki oldin, ilgari) bosmoq 1) yoʻl yurib, ilgari surilmoq, ilgarilamoq.◆  Xalq toʻl-qini.. olgʻa bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Avaz beixtiyor bir qadam olgʻa bosdi. S. Siyoyev, Avaz.◆  Bashirjon undan ham soʻrab koʻrish uchun bir-ikki qadam ilgari bosdi. N. Aminov, Suvarak; 2) koʻchma ravnaq topmoq, rivoj-lanmoq; olgʻa siljimoq.◆  Soat sayin ish-laring oldin bossin. Oybek, O. v. shabadalar.

15 Qoplamoq, oʻrab olmoq, qamramoq; egallamoq; elitmoq.◆  Ter bosmoq. Tuman bosmoq. Qorongʻilik bosmoq. Zushat bosmoq. Ajin bosmoq. Uyqu bosmoq. yat Mahmudjonni muz-dek ter bosdi. "Mushtum".◆  Ranglari oqardi, koʻz oldini quyuq tuman bosdi. J. Abulla-xonov, Oriyat.◆  Atrofni gʻira-shira qoron-gʻshshk bosgan, qamishlar vahimali shitirlar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.◆  Zul-mat bosgan atroflar goʻyo qiron yetgan oʻlka-day besas. Sh. Rahmon, Yurak qirralari. U ◆ Nasimlarning eshigiga yetganda, bir zumda yuragini hayajon bosdi. F. Musajonov, Hukm. ◆ Uning [Onaxonning] vujudini qoʻrquv bosdi. A. Muxtor, Opa-singillar.◆  Koʻllari titra-di, koʻzlarini hasrat bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Gulnorning yuragi kuch^sh toʻlqin-landi, butun gavdasini topii bir titroq bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Shamol turdi, qum koʻcha boisshdi, yer-koʻkni qum bosdi. K. Yashin, Hamza.◆  Qop-qora is bosgan shipidan qamishlar osilib turardi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Otliq>\ar qor bosgan qirgʻoq boʻylab yarim soatcha kezishdi. H. Gʻulom, Mashʼal.◆  Toʻxtabuvaning ajin bosgan yuzida gʻurur va baxt porladi. S. Zunnunova, Yangi direktor.◆  Hammayoqni ogʻir sukunat bosdi. T. Rustamov, Mangu jasorat.◆  Yonbosh qoʻygan hamon, koʻzi yumilib, uyqu bosardi. T. Rustamov, Mangu jasorat.◆  ..qoʻlimga qogʻoz-qalam oldim deguncha, esnoq bosadi. "Mushtum".

16 Tinchlantirmoq, tinchitmoq, tiy-moq; hovuridan tushirmoq, epga keltirmoq. ◆ Janjalni bosmoq. Toʻpolonni bosmoq. m Samandarov.. qalamining orqasi bilan stolpi qoqib, gʻovurni bosdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Orifjon xotinini bosib qoʻydi. S. Ahmad, Saylanma.◆  Xalqni bosish kelmay-dimi qoʻlingdan?\. Olimjon.

Oʻzini bosmoq Oʻzini tutmoq, tiymoq.◆  Bir ama/iab oʻzimni bosdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik. ◆ Hamdam aka bir qizishdi-yu, oʻzini bosib oldi. R. Fayziyev, Choʻlga bahor keldi. Oʻpkasini bosmoq 1) ayn. oʻzini bosmoq.◆  -Oʻpkangni bos! — dedi Sapoyev unga oʻshqirib. "Mushtum"; 2) oʻzini yigʻidan tutmoq.◆  -Yigʻlama, qizim, yigʻlama, — dedi Onaxon, oʻpkasini zoʻrgʻa bosib. A. Muxtor, Opa-singillar.◆  Vo bolam, deb oʻpkasini bosolmay, Sochin yoyib, betin suyib yigʻlaydi. "Oysuluv".

17 Kamaytirmoq, pasaytirmoq yoki toʻxtatmoq; qondirmoq.◆  -Ogʻriqni bosadigan yaproq topib kelaman, — dedi Majid. — Shu bilan ovunaman, Hovrimni bosaman, aka. N. Safarov, Olovli izlar.◆  Bu uqubatli kunlarning alamini devor oshib kelgan yigitning erkalashlarigina bosa olardi. S. Ahmad, Hukm.◆  Shaftolining sersharbat etlari yozning issiq kunlarida.. "chanqoq bosdi" boʻladi. K. Mahmudov, Mevalar. ◆ Haydarboyning koʻrimsiz choynaklaridagi quyuq va suyuq choylari.. oʻtgan-ketgan yoʻlovchilarning ham chanqovini bosib turadi. P. Tursun, Oʻqituvchi.

18 Kuch (zoʻrlik) bilan bostirib kelmoq, egallamoq, ishgʻol qilmoq.◆  Yigitning sarasi yov bosganda bshshnar. Maqol. m◆  Kunlardan bir kun mana shu boyning uyini kuppa-kunduz kuni namozgar paytida oʻgʻri bosdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Dod! Voy dod! Qaroqchilar bosdi!!! M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆  Dushman bosgan ona yurt uchun Yasshggandek qshshchu nayza. X. Davron, Bolalikning ovozi.◆  Birdan bosdi johil olomon. "Guldasta".◆  Dushmanlar kechuv-dan oʻtib, shaharni bosib olishibdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

19 Toʻsatdan kelmoq, koʻpchilik boʻlib kelib qolmoq.◆  Uyni mehmon bosdi. n Iye, Xolmat akani mehmon bosgan, shekilli. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".

20 Qulamoq, agʻanamoq.◆  Buogʻil bosib qol-masa, deb qoʻrqaman. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Ikki boʻlmash kichkina pastqam uy, tom bosay deb turibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. ◆ Yoʻlksshrni bosib qolgan xarobalar ustida bolalar irgʻishib yurar edi. A. Qahhor, Asarlar.

21 Ushlab, chegirib qolmoq.◆  Ishlagan haqini qarziga bosib qolibdi.

22 Ustun kelmoq, ustun kelib oshib tushmoq.◆  Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Haligi gajakdor juvon ikki qoʻlini ham, ovozini ham baland koʻtarib, gʻala-gʻovur, shovqinni bosib tushdi. A. Muxtor, Opa-singillar.

23 q. bostirmoq.◆  Dasturxonning chetini bosmoq. yat◆  ..kim yoniga borsa, Zebini maqtab gapirar, uning dutor chalishi, chok tikishi, toʻppi bosishlarini hikoya qilar edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz.

</a>24 ayn. taxtakachlamoq 1.

25 Maxsus usulda (toʻqimasdan) tayyor-lamoq (kigiz, jun mato haqida).◆  Kigiz bosmoq.

26 Ravishdoshning -ib shaklida kelib, biron-bir ishharakatning surunkasiga, toʻxtamay, ketma-ket, paydar-pay boʻli-shini, amalga oshishini bildiradi.◆  Kechgacha bosib uuhiaduK,' juda toliqdim. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda.◆  Men bari bir niyatimdan qaytmadim. Bosib sovchi qoʻyaverdim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.◆  ..achchiq choyni bosib ichib qoniqqach, izvoshni qoʻshdi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Bir hafta bosib yoqqan yomgʻir qora tuproqni koʻpchitib yuborgan. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".

Bagʻriga (yoki koʻksiga) bosmoq ayn. bagʻriga olmoq 1. q. bagʻir.◆  Dadamat aka Asadni mahkam quchoqlab, bagʻriga bosdi. F. Musajonov, Him-mat.◆  Muqaddam uning qoʻlidan oʻgʻilchasini oldi, mehr bilan bagʻriga bosdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.◆  Bu, Ergashga uni xuddi koʻksiga bosganday boʻlib koʻrindi. A. Muxtor, Opa-singillar.◆  Bashorat kitobchani ikki qoʻli bshshn oldi. Unga uzoq tikildi-da, koʻksiga bosdi. A. Muxtor, Opa-singillar. Yem bosdi Otga yem berilgandan keyin uni sovitish, birmuncha vaqt salt minib yurish. ◆ -Otimning bir odati bor edi: ikki xuf-tondan keyin yem yerdi.. soʻngra maydonda yem bosdi odati bor edi, — dedi Murodxon Goʻroʻgʻliga. "Zulfizar bilan Avazxon". ◆ Avazxon, sen yigitlarga xabar bergin, otlariga qarasin, yem bosdi qshshb, qantarib qoʻysin. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli. Yon bosmoq q. yon. Oyoqqa bosmoq q. oyoq. Salobati bosdi q. salobat. Tosh (yoki palla) bosmoq 1) hajmi kichkina boʻlgani holda ogʻir, salmoqdor boʻlmoq.◆  Poʻkak tosh bosmaydi. m -Ha, siz aytganingizdek, — dedi Oliyaxon, — palshsi ham tosh bosmaydi. N. Safarov, Oliyaxon Sultanova; 2) ogʻir kelmoq, salmogʻi jiha-tidan ustun kelmoq.◆  Kuy bshshn qoramol boshqa gap,- tosh bosadi. "Mushtum".◆  Tarozining mahsulot qoʻyshlgan pshiasi bosib ketdi, plan ortigʻi bshshn bajarildi. Gazetadan Tuxum bosmoq q. tuxum. Falokat bosdi q. falokat. Oʻrnini bosmoq q. oʻrin. Qadam (yoki oyoq) bosmoq 1) qadam qoʻymoq, qadam tashlamoq, qadam tashlab yurmoq.◆  Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. A. Qahhor, Asarlar.◆  Yoʻlchi atrofiga koʻz yugurtirib, qizga tomon ikki-uch qadam bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) bormoq, kelmoq; tashrif buyurmoq.◆  U biznikiga qadam bosmadi. m Bugun sakkiz kun boʻldi, qadam bosmaysiz-a. S. Siyoyev, Yorugʻlik.◆  Yoʻq, amaki, uyga endi bir umr qadam bosmaiman. S. Ahmad, Ufq; 3) koʻchma biror yoʻlda, yoʻsinda xatti-harakat qilmoq, ish tutmoq.◆  Tikanning zah-rini tortgan oyogʻini bshshbbosadi. Maqol. n ◆ U baʼzan.. Urmonjondan biron qadam oldinda yurishga intilar, shuning orqasida baʼzan nojoʻya qadam ham bosib qoʻyar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Oʻgʻri endioʻylab qadam bosadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Qamchi bosmoq. q. qamchi.

</a>BOSTI-BOSTI: bosti-bosti boʻlmoq

Barchata oshkor boʻlmasdan tinchimoq yoki xaspoʻshlanmoq (biror janjalli ish, mojaro va shu kabilar haqida).◆  Ammo ishlar borgi -boyagi, sirlar bosti-bosti boʻlib ketdi. "Mushtum".◆  Aktga qoʻl qoʻyilib, bosti-bosti boʻlgach, janjalkash iljayadi. "Mushtum". Bosti-bosti qilmoq Ulgʻaytirmasdan, bar-chaga oshkor qilmasdan tinchitmoq yoki xas-poʻshlamoq, silliqqina tinchitib yubormoq. ◆ Toʻpolonni bosti-bosti qilgan bejirim novcha yigitning kimligini soʻrab qoldi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.◆  -Boʻta ishdan bekor boʻlib yurgan paytlarda shu ishni bosti-bosti qilib yuborgan edim, — dedi Nizomid-dinov. S. Ahmad, Saylanma.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БОСМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Feʼl

[tahrirlash]

bosmoq bosmoq OʻTIL

Tillar

[tahrirlash]