kabi
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ka-bi
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]KABI ' singari', ' oʻxshash'. ◆ Baxtli onlar umr tunida yulduzlar kabi chaqnaydi Oybek . Bu koʻmakchi asli qadimgi turkiy tildagi 'oʻxshash' maʼnosini anglatgan kib otiga -i egalik qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan (Devon, III, 131: kib; aniŋ kibi); Chigʻatoychada ham kibi shaklida talaffuz qilingan (ССТТН, II, 113). Hozirgi oʻzbek tilida esa birinchi boʻgʻindagi i unlisi ä unlisiga almashgan: kib + i = kibi > käbi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]koʻm. Oʻxshatish, moslik yoki qiyosni bildiradi: singari. ◆ U ham sen kabi serzavq. ◆ Baxtli onlar umr tunida yulduzlar kabi chaqnaydi... Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ U shuncha yillardan beri goʻdak kabi ayasining panohida uxlab yotgan ekan. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Endi deraza ortidagi tol novdalari nazarida qudratli chinor kabi tebranib turardi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]КАБИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]- Yoqutcha: курдук
Ruscha ru
kabi
послелог употребляющийся с основным п. наподобие, подобно, вроде, как, как и; ◆ sen ~ подобно тебе, вроде тебя; ◆ u oʻz otasi ~ mehnatsevar он, как и его отец, трудолюбив; ◆ Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Fargʻona ~ shaharlari такие города Узбекистана, как Ташкент, Самарканд, Фергана.