xabar
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]xa-bar
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][a. — darak; axborot, maʼlumot; ovoza; kesim (tlsh.)]
1 Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi axborot, darak, bildirish. ◆ Muhammad Argunning xabariga koʻra, dushmanning katta qoʻshini Rafqondan oʻtib, Konibodom sari kelayotgan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Oylar oʻtdi va yillar oʻtdi, Lekin sendan boʻlmadi xabar. R. Parfi . ◆ Onasi, ertaga barvaqt boqqa koʻchishga toʻgʻri kelgani uchun, tezroq yotib tinchish kerakligini aytdi. Gulnor bu xabarni juda sovuq qarshi oldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
2 Yangilik. ◆ -Mulla Abdishukur, - Mirzakarimboy mehmonlardan biriga murojaat qildi, — olamda nima xabarlar bor, gapirsangizchi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
3 Kundalik matbuot, radio va televideniye vositasida olingan axborot, maʼlumot; maqola. ◆ Kechalari uxlamay radio karnayiga quloq tutib, olis frontda boʻlayotgan xabarlarni eshitardi. S.Ahmad, „Ufq“ . ◆ Respublikaning yetakchi gazetasida xabar chop ettirishga har qanday jurnalist ham muyassar boʻlavermaydi. F. Musajonov, „Himmat“ .
- Yomon (yoki sovuq, xunuk, shum, qora) xabar - Noxush, qoʻrqinchli, dahshatli voqea-hodisa haqidagi maʼlumot, darak. ◆ Yomon xabarning qanoti yengil boʻladi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ . ◆ Bu sovuq xabar xalqni bir chayqatdi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Kecha Andijondan xunuk xabar keldi: Roʻzioxunning kenjasini chavaqlab ketishibdi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ U bir marta shunday shum xabarning dardini tortgan. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Ayniqsa, dadamning keyingi xatlaridagi qora xabar bilan.. dunyo koʻzimga toraydi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
- Xabar bermoq - Xabardor qilmoq; bildirmoq. ◆ Xizmatchilar hojidoʻppi kiygan bu darvish haqida boyga xabar berdilar. U. Ismoilov, „Saylanma“ .
- Xabar olmoq Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumotga oʻz koʻzi bilan koʻrib eta boʻlmoq; kelib koʻrmoq. ◆ Nusratbek boʻsh vaqti boʻlganida, goh kechasi, goh kunduzi birrov xolasinikiga kelib, oʻgʻlidan xabar olib ketadi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ . ◆ Men narigi xonalardan bir xabar olay, shogirdlar nima qilayotgan ekan, koʻzdan kechiribqoʻyay. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
- Xabar topmoq Muayyan voqea-hodisa haqidagi axborotni eshitmoq, bilib olmoq. ◆ Umar polvon bundan xabar topib, otasidan qolgan bir parcha yerlarini sotib boʻlsa ham, ukasini Tozagulga uylantirmoqchi edi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Bu voqeadan xabar topgan oyisi uni [Xurshidni] qattiq jerkiganicha.. boʻsh stulga oʻtqazadi. N. Aminov, „Qahqaha“ .
- Xabari bor 1) xabardor, voqif. ◆ Zavqiyning ham keyingi paytlarda tabibning oilasi chetga surib qoʻyilganidan xabari bor edi. K. Yashin, „Hamza“ ; 2) biror ish yoki hunarni biladigan. ◆ Tikuvchilikdan xabari bor qiz .
- Xabari yoʻq Biror narsa haqidagi maʼlumotni bilmaydigan; bexabar. ◆ Dildorning bu gapdan xabari yoʻq. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ -Botir aka, oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq, — dedi qizarib Nizomiddinov. S. Ahmad, „Hukm“ .
- Holidan xabar olmoq Bemor, keksa, yordamga muhtoj kimsalarni borib koʻrmoq; yordam bermoq. ◆ Oʻzi emasmi, onamning holidan xabar olib turing, sizga ishonaman, deb iltimos qilgan.. Oʻ.Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Dadamga tahorat suvi beradigan, erta-kech holidan xabar oladigan bir mo'min-maʼqul zaifa topilsa, yaxshi boʻlardi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ХАБАР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.