Kontent qismiga oʻtish

Kropivnitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kirovograddan yoʻnaltirildi)

Kropivnitskiy (1924-yil gacha Yelizavetgrad, 1934-yil gacha Zinovyevsk, 1939-yil gacha Kirovo, 2016-yil gacha Kirovograd) — Ukrainadagi shahar, Kirovograd viloyati markazi, Ingul daryosi sohilida. Kropivnitskiy stansiyasi. Aholisi 273 ming kishi (1997). Mashinasozlik (seyalka ishlab chikaradigan ishlab chiqarish birlashmasi, gidravlika kuchlanish mashinalari, teplovoz dizellari, radio buyumlari zavodlari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar bor. K.ga 1754-yil Yelizaveta qalʼasi sifatida asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil