Koʻperen Fransua
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
KOʻPEREN (Couperin) Fransua (1668.10.11 - Parij - 1733.12.9) -fransuz kompozitori, organchi, klavesin ijrochisi. Mashhur fransuz musiqachilari "Koʻperenlar" sulolasidan, zamondoshlari unga — "buyuk K." nomini berishgan. Dastlabki musiqa saboqlarini oʻz otasi (Sharl K.)dan olgan. Parijdagi Sen-Jerve cherkovi (1685— 1723) va Fransiya qiroli saroyida (1693-yildan) organchi, klavesinda ham mohir ijrochi (1702—30). K.ning ijodi — klassitsizm davridagi fransuz musiqa sanʼatining choʻqqisidir. Uslubi — psixologik yorqin va muayyan programmali obrazlar, rangbarang kuylar, boy musiqiy bezaklar, kompozitsion mukammallikka asoslangan. Klavesin uchun 250 ga yaqin pyesalar, kamer-cholgʻu va organ uchun, shuningdek, diniy mavzudagi asarlar yaratgan. "Klavesin chalish sanʼati" kitobining muallifi (1716). 12 jilddan iborat asari toʻla nashr etilgan (Parij, 1932-33).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |