Toʻgʻri burchakli uchburchak
(To'g'ri burchakli uchburchakdan yoʻnaltirildi)
Toʻgʻri burchakli uchburchak — Bitta burchagi toʻgʻri, yaʼni 90° (yoki radian) boʻlgan uchburchak. Bunday uchburchakda toʻgʻri burchak qarshisidagi tomon gipotenuza, qolgan ikki tomon esa katetlar deyiladi.
Xossalar
tahrirToʻgʻri burchakli uchburchak boshqa uchburchaklardan farqli xossalarga ega.
Birinchi xossa
tahrirToʻgʻri burchakli uchburchakning qolgan ikkita burchagi oʻtkir boʻlib, ularning yigʻindisi 90° ga teng.
Ikkinchi xossa
tahrirToʻgʻri burchakli uchburchakning katetlaridan biri gipotenuzaning yarmiga teng boʻlsa, u katet qarshisidagi burchak 30° li boʻladi.
Uchinchi xossa
tahrirToʻgʻri burchakli uchburchakning gipotenuzaga tushirilgan medianasi gipotenuzaning yarmiga teng.