Paraiba — Braziliyaning shim.sharkiy qismidagi shtat. Maydoni 56,6 ming km². Aholisi 3,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Juan-Pesoa. Yirik sha-harlari: Kampinagrandi, Soza, San-tarita. Hududining katta qismini oʻr-qirli plato (balandligi 800–1000 m) egallagan. Atlantika okeani soxdli boʻylab kambar pasttekislik yo tadi. Iqlimi sub-ekvatorial, mavsumiy sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yillik yogʻin plato qismida 300–500 mm dan, sohil qismida 1750 mm gacha. Asosiy daryolari — Paraiba va Piranyas. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Dehqonchilik yetakchi oʻrin-da. Paxta, sizal, dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, maniok, shakarqamish, sholi, tamaki, banan va boshqa ekiladi. Yovvoyi palma yongʻogʻi yigʻiladi. Kichikroq toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, sement, koʻn-teri, oziq-ovqat korxonalari mavjud. Slyuda, ohaktosh, tosh tuzi olinadi. Mis rudasi, niobiy, volfram, fosforit konlari topilgan. Dengiz porti — Kabedelu.[1]

Paraiba
portugalcha: Paraíba

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi город Juan-Pesoa
Gubernator Rikardu Koutinyu
YAIM (2006) R$19 953 193  (19-oʻrin)
Aholi (2010) 3 766 528 kishi.
Zichligi 66,70 kishi./km²
Maydoni 56 469,5 km² (21-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-PB
Rasmiy sayti http://www.pb.gov.br
Xaritada
Paraiba xaritada
Paraiba, Xarita
7°10′0″S 36°50′0″W / 7.16667°S 36.83333°W / -7.16667; -36.83333

Manbalar

tahrir
  1. "Paraiba" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil