CONMEBOL
Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (isp:Confederación Sudamericana de Fútbol,[1] (por:Confederação Sul-Americana de Futebol[2]), umumiy qilib CONMEBOL deb aytishadi[3] (talaffuzi: konmebol̟), Janubiy Amerikada futbol sport turi boʻyicha asosiy tashkilot va FIFAning 6ta qitʼalararo konfederatsiyalaridan bittasi. Dunyoning eng qadimgi kontinental konfederatsiyasi hisoblanadi, shtab-kvartirasi Paragvayning Luque shahrida joylashgan. CONMEBOL Janubiy Amerikaning yirik futbol musobaqalarining tashkiliy va nazorat ishlarida masʼuldir. Tashkilotga 10ta davlat aʼzo boʻlib FIFAning eng kam sonli aʼzoga ega konfederatsiyasidir.
[[Fayl:|250px|alt=]] | |
Turi | Milliy assotsiatsiyalar federatsiyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 9-iyul, 1916-yil |
Joylashuvi | Luque, Paragvay |
Hududiy xizmati | Janubiy Amerika |
Prezident | Eugenio Figueredo |
Aʼzolari | 10ta assotsiatsiya aʼzo |
Vebsayti | www.CONMEBOL.com |
Til(lar)i | Ispancha, portugalcha |
CONMEBOL member associations map.svg |
CONMEBOLning milliy futbol terma jamoalari 9 marta jahon chempionatlarida (Braziliya 5, Argentina va Uruguay 2 martadan) gʻolib boʻlgan va CONMEBOL futbol klublari 22 marta Qitʼalararo futbol kubogida, 4 marta FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati musobaqalarida gʻalaba qozongan. Shuningdek Argentina va Urugvay terma jamoalari 2 marta olimpiada oʻyinlarida ham gʻolib boʻlgan. CONMEBOL UEFA qatori dunyoning eng kuchli konfederatsiyasi hisoblanadi.
CONMEBOLning jahon chempionati saralash bahslari dunyoning eng murakkab saralash bahsi hisoblanadi.[4][5] Hozirda konfederatsiyasi prezidenti Eugenio Figueredo va bosh kotibi Jose Luis Meiszner.[6]
Aʼzo davlatlar
tahrirDavlat | Assotsiatsiya | Asos solingan | Qoʻshilgan | Terma jamoa | Yuqori ligasi |
---|---|---|---|---|---|
Argentina | AFA | 1893 | 1916 | ARG (E, A) | Primera División |
Boliviya | FBF | 1925 | 1926 | BOL (E, A) | Liga Profesional |
Braziliya | CBF | 1914 | 1916 | BRA (E, A) | Campeonato Brasileiro Série A |
Chili | FFC | 1895 | 1916 | CHI (E, A) | Primera División |
Kolumbiya | FCF | 1924 | 1936 | COL (E, A) | Primera A |
Ekvador | FEF | 1925 | 1927 | ECU (E, A) | Serie A |
Paragvay | APF | 1906 | 1921 | PAR (E, A) | División Profesional |
Peru | FPF | 1922 | 1925 | PER (E, A) | Primera División |
Urugvay | AUF | 1899 | 1916 | URU (E, W) | Primera División |
Venesuela | FVF | 1926 | 1952 | VEN (E, A) | Primera División |
Manbalar
tahrir- ↑ ispancha talaffuzi: [komfeðeɾaˈθjon suðameɾiˈkana ðe ˈfuðβol].
- ↑ portugalcha talaffuzi: [koʻfedeɾaˈsɐ̃w ˈsuw.ɐmeɾiˈkɐnɐ dʒi futʃʲˈbɔw].
- ↑ Qisqartmasi bunday tuzilgan: Confederación/Confederação Sudamericana/Sul-Americana de Fútbol/Futebol.
- ↑ "La eliminatoria más difícil del mundo", ESPN (ispancha)
- ↑ "Janubiy Amerika JChSB dunyoning murakkab bahsi", ESPN
- ↑ CONMEBOL Executive Committee, 2014-12-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-06-01
Havolalar
tahrir- (isp.) Conmebol rasmiy vebsayti