Artem Oleksandrovych Dovbyk (talaffuzi: Artyom Dovbik; 1997-yil 21-iyunda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Ukraina Premyer-ligasining Dnipro-1 klubida va Ukraina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Artem Dovbyk
Dovbyk 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Artem Oleksandrovych Dovbyk
Tavallud sanasi 21-iyun 1997-yil (1997-06-21) (27 yosh)
Tavallud joyi Cherkassi, Ukraina
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dnipro-1
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2014 Cherkaskyi Dnipro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Cherkaskyi Dnipro 20 (7)
2015—2017 Dnipro 35 (18)
2016Zaria Bălți (ijara) 3 (0)
2018—2020 Midtjylland 18 (1)
2019—2020SønderjyskE (ijara) 18 (2)
2020— Dnipro-1 55 (30)
Milliy terma jamoa
2015 Ukraina U18 2 (0)
2016—2018 Ukraina U21 6 (1)
2021— Ukraina 14 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Ukrainaning Cherkassi shahrida tugʻilgan Dovbyk shu shahardagi Slavutych olimpiya zaxiralari sport maktabini tamomlagan. Undan keyin Cherkaskyi Dnipro akademiyada oʻynagan. 2014—2015-yilgi Ukraina Ikkinchi ligasida 7 ta gol urgan.

2015-yilning yozida Dnipro bilan shartnoma imzoladi[1], ammo 2016-yil aprel oyida[1] Moldovaning CSF Bălți klubiga uch oylik ijaraga yuborildi. Klub bilan Moldova kubogini qoʻlga kiritdi. 2016—2017-yilgi mavsumda Ukraina Premyer-ligasida 6 ta gol urganligi uchun eng yaxshi yosh oʻyinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Shundan keyin Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko JCh—2018 saralash bosqichiga chaqirdi.

„Dnipro“ning qarzlari koʻpayib quyi ligaga tushib ketganida ham, Dovbyk klubda qoldi. Ukraina Ikkinchi Ligasida 13 oʻyinda 12 ta gol urdi va chet el klublarining qiziqishini uygʻotdi. 2018-yilda Daniyaning Midtjylland klubiga tekinga oʻtdi. 2018-yilda Midtjylland klubi bilan Dovbyk mamlakat chempioni, 2019-yilda esa mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 2019-yil 2-sentyabrda 2019—2020-yilgi mavsum uchun SønderjyskEga ijaraga berildi. SønderjyskE bilan Dovbyk ikkinchi marta Daniya kubogi egasi boʻldi.

2020-yilda Dovbyk Ukrainaga qaytib kelib yaqinda tashkil etilgan SC Dnipro-1 bilan shartnoma imzoladi. Ligadagi oʻyinlar soni kutilganidan kam boʻlgan boʻlsa-da, Dovbyk Ukraina kubogida uchta oʻyinda 4 ta gol urib, turnirning eng yaxshi uchta toʻpuraridan biriga aylandi.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Dovbyk Ukraina U19 terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan, ammo jamoada umuman ishtirok etmagan.

Dovbyk 19 yoshida birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv oldi, 2016-yil 5-sentyabrda Islandiyaga qarshi JCh—2018 saralash oʻyinida 31 kishilik tarkibga kiritildi[2].

2017-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida 19 yoshida ishtirok etgan va 2019-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida ham terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ukraina terma jamoasi safida 2021-yil 31-mart kuni Qozog‘istonga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinida debyut qilgan[3].

Dovbyk 2021-yil 29-iyun kuni Shvetsiyaga qarshi 1/8 finalning qo‘shimcha taymida Andrey Yarmolenko o‘rniga maydonga tushgan holda, Yevro-2020da debyut qildi. Ekstra-taymning qoʻshib berilgan vaqtida gʻalaba golini kiritdi. Ukrainani 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va chorak finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[4].

Faoliyat statistikasi

tahrir
9-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[5]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Cherkaskyi Dnipro 2014—2015 Ukraina ikkinchi ligasi 20 7 1 0 21 7
Dnipro 2015—2016 Ukraina ikkinchi ligasi 0 0 1 0 0 0 1 0
2016—2017 22 6 1 0 23 6
2017—2018 Ukraina ikkinchi ligasi 13 12 0 0 13 12
Jami 35 18 2 0 0 0 37 18
Zaria Bălți (ijara) 2015—2016 Moldova milliy divizioni 3 0 1 0 4 0
Midtjylland 2017—2018 Daniya Superligasi 10 1 2 0 0 0 12 1
2018—2019 5 0 1 0 0 0 6 0
2019—2020 3 0 0 0 1[izoh 1] 0 4 0
Jami 18 1 3 0 1 0 22 1
SønderjyskE (ijara) 2019—2020 Daniya Superligasi 18 2 3 0 21 2
Dnipro-1 2020—2021 Ukraina Premyer-ligasi 24 6 3 4 27 10
2021—2022 17 14 1 0 18 14
2022—2023 11 9 0 0 7 4 18 13
Jami 52 29 4 4 7 4 63 37
Jami faoliyati 144 59 14 4 8 4 168 65

Xalqaro

tahrir
27-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra[6]ʻ
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Ukraina 2021 6 2
2022 8 4
Jami 14 6
2022-yil 24-sentyabr holatiga koʻra.
Artem Dovbyk tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy Oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2021-yil 29-iyun Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya 3   Shvetsiya 2—1 2—1 UEFA Yevro 2020 [7]
2 2021-yil 16-noyabr Bilino Polje stadioni, Zenitsa, Bosniya va Gertsegovina 6   Bosniya va Gersegovina 2—0 2—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi [8]
3 2022-yil 1-iyun Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya 7   Shotlandiya 3—1 3—1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi [9]
4 2022-yil 14-iyun Stadion Miejski ŁKS, Lodz, Polsha 11   Irlandiya 1—1 1—1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B [10]
5 2022-yil 24-sentyabr Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 13   Armaniston 3—0 5—0 [11]
6 5—0

Yutuqlari

tahrir

Cherkaskyi Dnipro

  • Ukraina Ikkinchi ligasi: 2014—202015

Zariya

Midtjylland

SønderjyskE

  • Daniya kubogi: 2019—2020

Individual

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Днепр дозаявил Довбика“ (Ukrainian). ua-football.com (2016-yil 12-avgust).
  2. „Football Federation of Ukraina's official website“. 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  3. „Ukraina v Kazakhstan game report“. FIFA (2021-yil 31-mart). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Sweden 1—202 Ukraina“. BBC Sport (2021-yil 29-iyun).
  5. Artem Dovbyk Soccerway saytida. Qaralgan sana: 30 June 2021.
  6. „Dovbyk, Artem“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  7. „Sweden 1—202 Ukraina“. UEFA (2021-yil 29-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  8. „Bosnia and Herzegovina vs. Ukraina“. UEFA (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  9. „Scotland vs. Ukraina“. FIFA (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2022-yil 1-iyun.
  10. „Ukraina 1—201 Republic of Ireland“. UEFA (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  11. „Armenia 0–5 Ukraina“. UEFA (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.

Havolalar

tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found